1) Rossiyaning “Soyuz-5” raketasining birinchi parvozi

Ikki bosqichli, o‘rta sinfga mansub istiqbolli Rossiya raketa-tashuvchisi “Soyuz-5” Boyqo‘ng‘ir kosmodromida turibdi. U 2025 yil oxirida ilk parvozni amalga oshirishi kerak edi, ammo, aftidan, debyut parvozi 2026 yilga ko‘chirilgan.

“Soyuz-5” Yer past orbitasiga 17 tonnagacha foydali yuk chiqara oladi. Davlat korporatsiyasi rejalariga ko‘ra, raketa tijorat jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lib, xorijiy mijozlarni jalb qilishi kutilmoqda.

2) “Artemida II”

“Artemida II” missiyasiga tayyorgarlik Floridadagi Kennedi kosmik markazida jadal davom etmoqda: Space Launch System raketaci va Orion kemasi montaj-sinov korpusi ichida to‘liq yig‘ilgan. Ehtimol, fevral oyida “Artemida II” Floridaning kosmik sohilidan o‘n kunlik parvozga yo‘l oladi.

To‘rt nafar astronavt — Rid Vayzman, Viktor Glover, Kristina Kox (uchalasi NASA'dan) va Jyeremi Xansen (Kanada kosmik agentligidan) Oyga sayohat qiladi. Bu SLS raketasi va Orion kemasining ilk pilotli parvozi bo‘ladi. Agar fevraldagi start qoldirilsa ham, “Artemida II” parvozi bahor yoki yoz oylarida amalga oshishi ehtimoli yuqori.

3) Starship orbital yonilg‘i quyilishini namoyish etish

Keyingi missiya — 2026 yil uchun Starship “yo‘l xaritasi”dagi eng muhim bosqichlardan biri. Katta ko‘lamli orbital yonilg‘i quyilishini namoyish qilish — Starship Yer past orbitasidan tashqariga chiqishi uchun muhim omil. SpaceX bu texnologiyani NASA bilan shartnoma doirasida Starship’ni Oyga jo‘natishdan oldin ham, kelajakdagi Mars parvozlari uchun ham ishlab chiqishi kerak.

4) Starship’ni “ushlab olish”

SpaceX yaqin oylardayoq Starship’ning keyingi versiyasi — V3 (Starship versiya 3)ni ilk sinov parvoziga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu uchirish avvalgi testlarga o‘xshaydi: Janubiy Texasdan start va okeanga aniq qo‘nish bilan suborbital parvoz.

Agar barchasi muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi qadam — Starship’ni Yer past orbitasiga chiqarish, so‘ng qaytib kelib shimoliy Meksika ustida atmosferaga kirish bo‘ladi. Shundan keyin kemani Texasdagi start maydonchasida xizmat ko‘rsatish minorasi yordamida “ushlab olish”ga urinishadi. Muvaffaqiyatli “ushlash” Starship’ni to‘liq qayta ishlatish sari ulkan qadam bo‘ladi.