
Foto: Olympic.uz
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan jahon kubogining uchinchi bosqichini medal bilan yakunladi. U tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki urinish natijasiga ko‘ra, Oksana Chusovitinaning chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. U faqatgina fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball to‘pladi.
Shu tariqa, sportchi qatorasiga uchinchi bor jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Tayanib sakrash, ayollar:
- Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683;
- Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.433;
- Linmin Yu (Xitoy) – 13.383.