08:48 / 11.03.2023
4608

Li Tsyan Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri etib tayinlandi

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi Li Tsyan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri etib tayinlandi.

Li Tsyan / Foto: thehill

Butunxitoy xalq vakillari kengashi deputatlari shanba kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi Li Tsyanni XXR Davlat kengashi Bosh vaziri lavozimiga tayinlashni ma’qulladilar.

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri lavozimiga Li Tsyan nomzodini Xitoy raisi Si Jinping ilgari surdi, ovoz berish shanba kuni ertalab 14-chaqiriq Butunxitoy xalq vakillari kengashi birinchi sessiyasining to‘rtinchi yalpi majlisida bo‘lib o‘tdi. Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vazirining vakolat muddati besh yil, bir shaxs bu lavozimni ikki muddatdan ortiq egallashi mumkin emas.

Li Tsyan AQSh bilan «savdo urushi» va pandemiyaning og‘ir davrida hukumatni ikki besh yillik muddatga boshqargan Li Ketsyanni bosh vazir lavozimida almashtiradi. Li Tsyan texnologiya va iqtisodiy rivojlanish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, Xitoy siyosatida o‘sib borayotgan shaxs sifatida e’tirof etiladi, o‘tgan yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan XKP 20-s’yezdida 63 yoshli siyosatchi XKP Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi va partiya iyerarxiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Li Tsyan Xitoyning sharqiy Chjetszyan provinsiyasida tug‘ilgan va faoliyatining asosiy qismini o‘sha yerda turli lavozimlarda o‘tkazgan, Si Jinping 2003-2007 yillarda provinsiya partiya qo‘mitasi kotibi lavozimida ishlagan. 2011 yilda Li Tsyan Chjetszyan provinsiyasi partiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari lavozimini egallagan, 2012-2016 yillarda esa uning gubernatori, 2016-2017 yillarda Chjetszyanga qo‘shni Tszyansu provinsiyasi partiya qo‘mitasi rahbari, 2017 yil oktyabrdan 2022 yil 28 oktyabrgacha - Shanhay XKP shahar qo‘mitasi rahbari.

O‘tgan yili ekspertlar uni bosh vazirlik kursisi uchun poygada favorit deb atagandi, ammo uning mavqeyi 2022 yil bahorida rahbarligidagi megapolis koronavirus epidemiyasi va keng miqyosli pandemiyaga katta qiyinchilik bilan dosh berganidan keyin biroz pasaygan.

Mavzuga oid
Top