13:17 / 13.03.2023
26861

O‘zbekiston milliy jamoasining Boliviya va Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga tarkibi e’lon qilindi

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlarida Saudiya Arabistonida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. 

Yig‘in davomida 24 mart kuni Boliviya, 28 martda Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik bahslari bo‘lib o‘tadi. 

Bosh murabbiy Srechko Katanets Janubiy Amerika jamoalari bilan o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar — Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Valijon Rahimov (OKMK), O‘tkir Yusupov («Navbahor»);

Himoyachilar — Rustam Ashurmatov («Rubin», Rossiya), Farruh Sayfiyev, Hojiakbar Alijonov (ikkalasi — «Paxtakor»), Husniddin Aliqulov, Alibek Davronov, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev (hammasi — «Nasaf»), Abdulla Abdullayev (OKMK), Saidazamat Mirsaidov («Olimpik»);

Yarimhimoyachilar — Odil Hamrobekov, Aziz Turg‘unboyev, Sardor Sobirxo‘jayev (hammasi — «Paxtakor»), Aziz G‘aniyev («Shabob Al Ahli», BAA), Otabek Shukurov («Fotih Karagyumruk», Turkiya), Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov (ikkalasi — «Navbahor»), Jaloliddin Masharipov («An Nasr», Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov («Torpedo», Rossiya);

Hujumchilar — Jasur Yaxshiboyev («Navbahor»), Eldor Shomurodov («Spetsiya», Italiya), Bobur Abduxoliqov («Ordabasi», Qozog‘iston).

Top