09:24 / 21.03.2023
7778

Bayden COVID kelib chiqishi haqidagi razvedka ma’lumotlarini oshkor qilishni buyurdi

Jo Bayden COVID-19'ning kelib chiqishi haqidagi razvedka ma’lumotlarini, shu jumladan Vuhan virusologiya instituti bilan potensial aloqalarga oid ma’lumotlarni oshkor qilishni talab qiluvchi qonun loyihasini imzoladi.

Foto: CNN

AQSh prezidenti Jo Bayden SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishi haqidagi ba’zi razvedka ma’lumotlarini maxfiylikdan chiqarishni talab qiluvchi qonun loyihasini imzoladi, deb xabar qildi Oq uy 20 mart, dushanba kuni.

«Men Kongressning 2019 yilda koronavirusning kelib chiqishi haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot nashr etish maqsadiga qo‘shilaman. 2021 yilda men razvedka hamjamiyatiga COVID-19 kelib chiqishini tekshirish uchun barcha vositalardan foydalanishni topshirdim va bu ish davom etmoqda», deyiladi Bayden bayonotida.

«Mening ma’muriyatim COVID-19'ning kelib chiqishiga oid barcha maxfiy ma’lumotlarni, shu jumladan Vuhan virusologiya instituti bilan aloqalarni ko‘rib chiqishda davom etadi. Ushbu qonunni amalga oshirishda ma’muriyatim ushbu ma’lumotlarning maxfiyligini ochib beradi va imkon qadar ko‘proq taqdim etadi», - deya va’da berdi prezident.

Koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risidagi qonun tashabbuskorlaridan biri respublikachi senator Josh Xouli edi, deb eslaydi The Hill. Qonun loyihasi oxir-oqibat Oq uyga imzolash uchun yuborilgunga qadar Senat va Vakillar palatasida e’tirozlarsiz ovoz berishdan o‘tdi, deya qayd etadi Reuters.

Milliy razvedkadan «Vuhan virusologiya instituti va COVID kelib chiqishi o‘rtasidagi potensial aloqalar to‘g‘risida» har qanday ma’lumotlarni oshkor qilishni talab qiladigan qonun loyihasi The Wall Street J materiali e’lon qilingandan so‘ng ishlab chiqilgan bo‘lib, unda nashr AQSh Energetika vazirligining koronavirus kelib chiqishi haqidagi hisobotiga tayangan.

Unda idora COVID-19 pandemiyasi laboratoriyadan kelib chiqqanini aytgan. WSJ ta’kidlashicha, Energetika vazirligi virusning laboratoriyadan sizib chiqishi nazariyasiga sodiq qolgan FQBdan keyin AQShning ikkinchi federal idorasiga aylandi. Yana to‘rtta razvedka agentligi virus tabiiy ravishda paydo bo‘lgan deb hisoblamoqda, ikkitasi, shu jumladan Markaziy razvedka boshqarmasi hali bir qarorga kelmadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top