Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

Foto: Toshkent shahar FVB matbuot xizmati
Toshkentda 20 mart kuni kuzatilgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida daraxtni yashin urishi natijasida maktab binosi eshik va oynalariga shikast yetdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 83-sonli umumta’lim maktabida yuzaga kelgan holat videosi tarqaldi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar qilishicha, hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etish ishlari olib borilgani aytilgan.
