ISW: Putin va Si Jinping ko‘p qutbli dunyo bo‘yicha turlicha qarashga ega
AQSh urushni o‘rganish instituti (ISW) hisobotiga ko‘ra, Xitoy rahbari Si Jinping ikki davlatning G‘arb bilan munosabatlari rivoji bo‘yicha Kreml kutganidan ko‘ra ancha bosiqroq pozitsiyada baholaydi.

Foto: AP
«Si Jinping va Vladimir Putin... 19 mart kuni chop etilgan maqolalarida bo‘lajak munosabatlar ko‘lamini turlicha talqin qilishgan», — deya izohlaydi tahlilchilar o‘z xulosalarini.
Shunday qilib, Rossiya prezidenti Moskva va Pekin «G‘arbning hukmronligiga bo‘lgan jamoaviy intilish hamda AQShning Xitoy va Rossiyaga qarshi ikki tomonlama tiyib turish siyosatiga zid ravishda, ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish uchun hamkorlikni qurmoqda», deb ta’kidlagan.
Shu bilan birga, Si Jinping kamroq tajovuzkor pozitsiyani taklif qilib, Rossiya va Xitoy odatda ko‘p qutbli dunyo tartibini maqsad qilganini, lekin bu G‘arbga qarshi emasligini ta’kidladi.
Avvalroq Pekin Si Jinpingning Rossiyaga tashrifi oldidan Xalqaro jinoiy sudni ikki tomonlama standartlarda ayblab, Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy sudi (XJS) bu masalada «xolis pozitsiya»ni egallashi va «ikki tomonlama standartlar»dan qochishi kerak, deb ma’lum qildi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi. Pekin Ukraina inqirozida xolis va adolatli rol o‘ynashda davom etadi, dedi vazirlik rasmiy vakili Van Venbin 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
XXR raisi Si Jinpingning Moskvaga tashrifidan oldin so‘zlagan nutqida u xalqaro huquq normalariga muvofiq davlat rahbarlarining daxlsizligiga ishora qilib, harbiy mojaroni «muloqot va muzokaralar» yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi. Van Venbin, shuningdek, Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy tinchlik muzokaralarida konstruktiv pozitsiyani egallashini ta’kidladi.
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
-
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:36
-
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi
O‘zbekiston | 20:13
Mavzuga oid

12:26
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

22:00 / 03.07.2025
«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?

23:10 / 01.07.2025
Putin va Makron 3 yil ichida birinchi marta telefonda gaplashdi

11:57 / 28.06.2025