Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi
1992-1994 yillarda Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlagan Damir Yadgarov hayotdan ko‘z yumdi.
Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Buxoro viloyatining sobiq hokimi Damir Salixovich Yadgarov 4 iyul kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Damir Yadgarov 1937 yil 18 fevralda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti yoshlar qo‘mitasining kotibligi lavozimidan boshlab, uzoq yillar Yoshlar tashkiloti hamda qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi mas’ul vazifalarda ishlagan.
O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro filiali direktori sifatidagi mehnat faoliyati yillarida paxtaning Zarafshon vohasiga mos 10 ga yaqin iqtisodiy samarador navlari kashf etilgan.
1992-1994 yillarda Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Damir Yadgarov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi» unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.
Mavzuga oid
18:31 / 02.04.2026
Kogonda elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
20:25 / 29.03.2026
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026