Rossiya Istanbulda Ukraina bilan muzokaralarning uçinçi raundiga tayyor, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 iyun, juma kuni Minskka ikki kunlik taşrif yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida. Uning sözlariga köra, Kiyev bilan muzokaralar mavzusi ikki davlat örtasidagi memorandumlarni muhokama qiliş bölişi kerak.
Iyun oyi boşida Ukraina va Rossiya bir-biriga öt oçişni töxtatiş va mojarolarni hal qiliş böyiça qaraşi bayon etilgan hujjatlarni topşirdi. Ukraina heç qanday şartlarsiz kamida 30 kun davomida öt oçişni töxtatişni talab qilmoqda, biroq Rossiya köplab şartlarni ilgari surmoqda. «Rossiya va Ukraina memorandumlari töğridan töğri qarşi, biroq muzokaralar yaqinlaşiş yölini topiş uçun olib borilmoqda», — dedi Putin. U Istanbuldagi muzokaralarning yangi bosqiçi qaçon bölib ötişi mumkinligini aytmadi.
Ukraina hukumati vakillari Rossiya bilan Istanbulda muzokaralarni hozirgi formatda davom ettiriş maqsadga muvofiqligiga şubha bildirdi. Ukraina va Yevropa Ittifoqining köplab davlatlari Rossiyani haqiqatda tinçlikka intilmayotganlikda va AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini çalğitiş maqsadida muzokara olib borayotganlikda ayblamoqda.
Matbuot anjumani çoğida Rossiya prezidenti Moskva Kiyevga öldirilgan olti ming askardan taşqari yana uç ming ukrainalik askarning jasadlarini topşirişga tayyorligini bildirdi. Ukraina rasmiylari avvalroq Ukraina tomoniga topşirilgan jasadlar orasida halok bölgan rossiyalik askarlarning jasadlari bölganini rasman ma’lum qildi, ammo ular ataylab yoki notöğri topşirilganmi, noma’lum.
Vladimir Putin AQŞ bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, prezident Trampni hurmat qilişini aytdi. U Tramp Ukrainadagi uruşning tugaşini çin dildan istaşi haqidagi fikrini bildirib, Moskva Tramp bilan uçraşuvga «bajonidil» tayyorgarlik körişini qöşimça qildi. Putinning sözlariga köra, Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar «tekislaşa boşlagan», taşqi siyosat idoralari va maxsus xizmatlar örtasida işçi aloqalar örnatilgan.













