15:33 / 16.04.2023
35908

«PSJ» intrigani o‘ldirdi, «Siti» va «Real» autsayder bilan o‘yinda qiynaldi. Kun o‘yinlari

Yevropa futbolida shanba oqshomidagi asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

Angliya: Holand gol urishda davom etmoqda, «Chelsi» cho‘kmoqda

Aston Villa – Nyukasl 3:0
Gollar:
1:0 – 11 Remzi, 2:0 – 64 Uotkins, 3:0 – 83 Uotkins.
Aston Villa – Martines, Yang, Mingz, Konsa, Moreno, Dendonker, Makginn, Buendia, Duglas Luis, Remzi (Chembers, 85), Uotkins.
Nyukasl – Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern (Targett, 68), Bruno Gimaraes, Uillok (Longstaff, 68), Merfi (Uilson, 56), Joelinton (Anderson, 80), Gordon (Almiron, 56), Isak.
Ogohlantirishlar: Sher (22).

Turni boshlab bergan o‘yin afisha nuqtayi nazaridan eng shov-shuvli o‘yin bo‘lmasa-da, mohiyatan kunning asosiy o‘yini edi. Bir tomondan «Nyukasl» YeChLda ishtirok etishni maqsad qilgan. Boshqa tomondan — «Aston Villa» Unai Emeri kelganidan buyon shu qadar o‘zgardiki, u kelganidan keyingi davrda Birminghem jamoasi to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha faqat «Arsenal» va «Manchester Siti»dan ortda.

Jyeykob Remsining goli bilan maydon egalari bu natija tasodifiy emasligini ko‘rsatishdi. Tanaffusga qadar birgina Remsi ega bo‘lgan vaziyatlar soni (3) «qarg‘alar»da yuzaga kelgan jami vaziyatlar soniga teng bo‘ldi. «Villa» birinchi bo‘limdayoq hisobni yirik ko‘rinishga keltirishi mumkin edi, avvaliga Uotkinsning zarbasi ustunga tegdi, keyin u raqib mudofaasini dog‘da qoldirib bergan zarbasini Poup oyoqlari uchi bilan qaytardi. Angliyalik forvard ikkinchi bo‘limda darvozani ishg‘ol etdi, ammo videotakrordan keyin kichik ofsayd qayd etildi. Hujumchi oldinga tashlanishda davom etdi va keyingi vaziyatdan aniq foydalandi, o‘yin oxirida esa o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatib, so‘nggi 12 turda urgan gollari sonini 11 taga yetkazdi.

U yil boshidan buyon shuncha gol urgan. Bu davrda Uotkins APLning eng yaxshi to‘purari, shuningdek gol+pas tizimi bo‘yicha ham yetakchi (14). Qatorasiga beshinchi o‘yinda g‘alaba qozongan «Aston Villa» endi 2023 yilda to‘plangan ochkolar soni (32) va quruq o‘yinlar soni (8) bo‘yicha tengsiz jamoa. Emeri effekti aql bovar qilmas darajada, «Nyukasl» esa chempionatning bu mavsumida ilk bor uchta gol o‘tkazib yubordi va to‘rtlik uchun kurashda raqobatchilariga imkon berdi.

Tottenhem – Bornmut 2:3
Gollar: 1:0 – 14 Son Hyong Min, 1:1 – 38 Vinya, 1:2 – 51 Solanke, 2:2 – 89 Danjuma, 2:3 – 90+5 Uattara
Tottenhem – Loris, Porro, Dayyer, Langle (Sanches, 35; Danjuma, 58), Romero, Perishich, Heyberg, Kulusevski, Skipp (Risharlison, 77), Son Hyong Min, Keyn.
Bornmut – Neto, Stivens, Kelli, Mifem, Vinya (Smit, 49), Taverne (Uattara, 79), Lerma, Kristi (Entoni, 66), Rotuell, Billing (Senesi, 79), Solanke.

Lekin «Tottenhem» bu sovg‘adan foydalana olmadi va o‘z uyida sensatsion ravishda «Bornmut»ga yutqazdi. «Shporlar» «MYu» va «Nyukasl»dan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazgani hisoblansa, ular Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda autsayder hisoblanadi. Shanba kuni Solankening o‘yini londonliklar uchun dahshatli tushga aylandi, u o‘zi gol urishidan tashqari, ikkita golga uzatma berdi. Bu uzatmalardan ikkinchisidan Uattar unumli foydalanganida — sekundomerda 94:11 raqamlari aks etgandi. Va bu gol Danjumaning o‘yinni qutqarib qolgandek ko‘ringan javob golidan bir necha daqiqa o‘tib urildi. Bu «Bornmut» uchun APLdagi ishtiroki davrida eng kech urilgan g‘alaba goliga aylandi.

Chelsi – Brayton 1:2
Gollar:
1:0 – 13 Gallaher, 1:1 – 42 Uelbek, 1:2 – 69 Ensiso.
Chelsi – Arrisabalaga, Chaloba, Badyashil, Fofana (Jyeyms, 57), Chiluell, Zakariya (Maunt, 74), Pulishich (Ziyosh, 56), Gallaher, Mudrik, Fernandes (Kovachich, 57), Sterling (Joau Feliks, 57).
Brayton – Sanches, Veltman (Ensiso, 28), Dank, Uebster (van Xekke, 86), Estupinyan, Gross, March, Mak Allister, Kaysedo, Mitoma, Fergyuson (Uelbek, 39).

«Chelsi»ning qulashi davom etmoqda, Frenk Lempard esa vaziyatni o‘nglay olmayapti. Murabbiy har o‘yin uchun jamoa tarkibi va sxemalarini o‘zgartirib ko‘rmoqda, ammo natija o‘zgarmayapti. Bu mavsumda ochiq va quvnoq o‘yin ko‘rsatayotgan «Brayton» bilan o‘yinda Mudrikning pasidan keyin Gallaher hisobni ochishi ham yordam bermadi. «Chaykalar» shundan keyin tashabbusni qo‘lga oldi, Kepa ko‘p vaziyatlarda o‘zini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi, baribir bo‘lim oxirida Uelbek hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda chap qanotda hujum uyushtirgan Ensiso Jyeyms va Chaloba o‘rtasidagi tushunmovchilikdan foydalanib, zarba berdi, to‘p ustundan qaytdi, Uelbekning zarbasi esa to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Ensiso baribir o‘z maqsadiga erishdi va uzoq masofadan yo‘llangan aniq zarbasi bilan jamoasiga ko‘klar ustidan safardagi ilk tarixiy g‘alabani keltirdi. Bu natija mutlaqo o‘yin mantig‘idan kelib chiqdi, jami zarbalar bo‘yicha (26-8) va darvoza sohasiga borgan aniq zarbalar bo‘yicha (10-2) mutlaq ustunlik mehmonlar tarafida bo‘ldi.

Manchester Siti – Lester 3:1
Gollar: 1:0 – 5 Stounz, 2:0 – 13, penalti Holand, 3:0 – 25 Holand, 3:1 – 75 Iheanacho.
Manchester Siti – Ederson, Stounz (Akanji, 46), Laport, Ruben Diash, Uoker, de Bryuyne (Palmer, 62), Grilish (Serxio Gomes, 74), Bernardu Silva, Rodri (Fillips, 53), Mahrez, Holand (Alvares, 46).
Lester – Iversen, Kastan, Fas, Suyunchi, Suttar, Kristiansen (Tomas, 46), Ndidi (Daka, 87), Tilemans (Mendi, 62), Meddison, Dyuzberi-Holl (Prat, 62), Vardi (Iheanacho, 46).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (45), Suyunchi (89).

«Manchester Siti»ning barcha turnirlar doirasidagi g‘alabali seriyasi o‘n o‘yinga yetdi. «Shaharliklar» Chempionlar ligasida «Leypsig» mudofaasini yakson etganidan beri (7:0) olti o‘yinda kamida uchtadan gol urmoqda. «Lester»ga qarshi o‘yinda bunday seriyani davom ettirishga Brendan Rodjyers bo‘shatilgani va uning o‘rnida Din Smit boshchiligidagi murabbiylar shtabi ish boshlagani ta’sir ko‘rsatmadi va bu norma birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib bajarib bo‘lindi.

Holand ikki gol urdi va APL mavsumidagi gollari sonini 32 taga yetkazib qo‘yib, bu borada Salohga tegishli bo‘lgan natijani takrorladi. Norvegiyalik hujumchi yana ikki aniq zarba berib, turnir rekordchilari — Endi Koul va Alan Shirerning rekordlarini takrorlashi mumkin. Lekin bu yerda muhim bir jihat bor: ikki afsonaviy forvard turnirda 22 tadan jamoa bo‘lib, mavsumdagi o‘yinlar soni 42 tani tashkil etganida 34 tadan gol urishgan. Holand esa hozirning o‘zida chempionat 38 turlik taqvimga o‘tganidan keyingi maksimal natijani takrorlab ulgurdi.

O‘yin masalasi hal bo‘lgach, Gvardiola tanaffusda birinchi bo‘lim qahramonlari Stounz va Holandni almashtirdi, ikkinchi bo‘lim boshida Rodri va de Bryuyne ham maydondan olindi. Bu esa jamoa o‘yiniga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi, Ihenacho javob golini urdi, shundan keyin mehmonlar to‘liq hujumda o‘ynay boshladi va qator golli vaziyatlarga ega bo‘lishdi, ammo Medison yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, Ihenachoning qulay vaziyatdan yo‘llagan zarbasi esa darvoza ustuniga tegdi, yana bir vaziyatda to‘p jarima maydoni ichida mezbonlar futbolchisining qo‘liga tekkanida bosh hakam penalti belgilash uchun asos topmadi.

Ispaniya: aka-ukalar dueli Nacho foydasiga

Vilyarreal – Valyadolid 1:2
Gollar: 0:1 – 2 Amalla, 0:2 – 34 Al-Yamiq, 1:2 – 74 Kapu.

Atletik – Real Sosedad 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Uilyams, 2:0 – 70 Uilyams.

Betis – Espanol 3:1
Gollar: 0:1 – 27 Peres, 0:2 – Miranda, 1:2 – 48 Montes, 1:3 – 69 Karvalyu

La ligada shanba kungi o‘yinlarning «Real» o‘yiniga qadar dasturi to‘rtinchi o‘rin uchun da’vogarlar ko‘rigiga aylandi, birinchi bo‘lib maydonga bir hafta muqaddam «Santyago Bernabeu»dan g‘alaba bilan qaytgan «Vilyarreal» chiqdi. Ammo, aftidan, «sariq submarinalar» deyarli barcha hissiyotlarni o‘sha o‘yinda qoldirishgan, qolgani esa madridliklar futbolchisi Valverdening o‘yindan keyin Baenaga bergan zarbasi atrofidagi mojaroga sarflangan. Ushbu jabrlanuvchi shanba kungi o‘yinning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi, ammo o‘yinda ligada jon saqlash uchun kurashayotgan «Valyadolid»ning marokashlik legionerlari barchasini hal etishdi. 14-daqiqadayoq hisob 0:2 ko‘rinishini oldi. Kike Seten jamoasi bunga ikkinchi bo‘limda faqat bir zarba bilan javob qaytara oldi va jamoaning «Real Sosedad»ga yaqinlashish imkoniyatlari kamaymoqda.

Ammo bunday imkoniyat nolga tushib ketmadi, chunki San-Sebastyan jamoasi barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti. So‘nggi vaqtlarda jamoa uy o‘yinida g‘alaba qozonib, safarda mag‘lubiyatga uchrashni odat qilgan, shanba kuni Bilbaoda bo‘lib o‘tgan basklar derbisi ham bundan mustasno bo‘lmadi. O‘yinda dubl qayd etgan Inyaki Uilyams «Atletik» futbolchilari so‘nggi 11 yil mobaynida ushbu ashaddiy raqibga qarshi o‘yinlarda kuzatilmagan ishni uddaladi. Ernesto Valverde jamoasi bu g‘alabadan keyin yevrokuboklarga yo‘llanma beruvchi oltinchi o‘rin bilan farqni ikki ochkogacha qisqartirdi.

Lekin ko‘p o‘tmay «Betis» xavfli zonadagi «Espanol» ustidan ishonchli g‘alabaga erishgach, «Atletik» bilan oradagi farqni yana 5 taga oshirdi. Kataloniyaliklar jamoasiga ustozlik qilayotgan Luis Garsiya klubdagi vaziyatni o‘nglay olmayapti va tayinlanganidan keyingi ikki o‘yinda yutqazdi, natijada jamoaning mag‘lubiyatli seriyasi olti o‘yinga yetdi. Manuel Pellegrini jamoasi esa «Vilyarreal»ni ortda qoldirib, beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. To‘rtinchi o‘ringacha — uch ochko bor, bir turdan keyin «Betis» «Real Sosedad» bilan yuzma-yuz keladi.

Kadis — Real 0:2
Gollar: Nacho (72), Asensio (76).
Kadis – Hil, Parra (Xorxe Mere, 55), Ernandes, Fali Ximenes, Espino, Alkaras, San-Emeterio (Roxer Marti, 70), Bongonda, Gvardiola (Alexo, 70), Ramos (Negredo, 78), Sobrino (Aleks Fernandes, 70).
Real  – Kurtua, Ryudiger, Militao, Nacho, Sebalos, Valverde (Modrich, 80), Tchuameni, Vaskes (Kamavinga, 67), Asensio, Rodrigo (Azar, 80), Benzema.
Ogohlantirish: Alkaras (29).

Birinchi bo‘lim «Kadis» darvozaboni Hilning benefisiga aylandi. U haqiqiy mo‘jiza ko‘rsatdi, qaytgan to‘pga Benzema bir necha metrdan turib zarba berganida esa uning omadi kelib, to‘p to‘singa tegdi. Tanaffusdan keyin ham favorit vaziyatlardan foydalana olmaslikda davom etdi.

La ligada 100-o‘yinini o‘tkazgan Rodrigo birga-bir vaziyatga chiqib borib Hilni dog‘da qoldira olmadi, shuningdek Valverdening uzatmasidan keyin to‘pni bo‘sh burchakka yo‘naltirishning ham uddasidan chiqmadi. Benzemaning ikkinchi bo‘limdagi zarbasiga esa darvoza ustuni to‘sqinlik qildi... Natijada, jamoasi hujumchilarining ojizligini tomosha qilishdan charchagan himoyachi Nacho jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab hisobni ochdi, biroz oldinroq raqib safida o‘yinga zaxiradan tushgan ukasi Aleks unga xalal berishga ulgurmadi.

Qolganini uzoq ustun tomonni aniq zarba bilan nishonga olgan Asensioning texnikasi hal qildi. Ushbu havbek gollari sonini 10 taga yetkazdi, asosiy tarkib futbolchi bo‘lmagan ushbu futbolchi o‘rtacha har 88 daqiqada gol urmoqda yoki sheriklarini samarali pas bilan ta’minlamoqda. Aynan shuning uchun Karlo Anchelotti bu futbolchi unga kerakligini aytmoqda va  Asensio «Real» bilan shartnomasini uzaytirishini istamoqda.

Italiya: Pioli o‘yinni qurbon qildi

Bolonya – Milan 1:1
Gollar: 1:0 – 1 Sansone, 1:1 – 40 Pobega.
Milan – Menyan, Florensi (Kalabriya, 57), Tiav (Gabbiya, 81), Kalulu, Ballo-Ture, Pobega, Salemakers (Junior Messias, 57), de Ketelare (Braim Dias, 70), Vranks, Rebich, Origi (Rafael Leau, 70).
Ogohlantirishlar: Florensi (54), Posh (58), Dominges (70), Kalabriya (80), Pobega (81), Vranks (87), Kiryakopulos (90).

Stefano Pioli Chempionlar ligasi chorakfinalida «Napoli»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘zi uchun nima muhimligini aniq namoyish etdi va Bolonyadagi o‘yinda asosiy tarkibni deyarli to‘liq o‘zgartirdi (faqat Menyan istisno). «Milan» amalda ikkinchi tarkib bilan maydonga chiqdi va 33-sekunddayoq gol o‘tkazib yuborilganini shu bilan izohlash mumkin.

Lekin bu golga tanaffus arafasida Pobeganing uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan javob qaytarildi. Lekin «rossoneri»lar tavakkalchilik qilishmadi va o‘yinda durang hisob saqlanib qoldi. Bu natija yevrokuboklar uchun raqobatchilar foydasiga xizmat qiladi, bu o‘yinning «berib yuborilgani» o‘zini oqlaydimi, yo‘qmi — keyingi haftada Neapolda kechadigan o‘yin ko‘rsatadi.

Napoli – Verona 0:0
Napoli – Meret, Di Lorenso, Jyezus, Kim Min Chje, Olivera, Demme (Zelinski, 64), Zambo-Angissa, Elmaz (Lobotka, 73), Politano (Zedadka, 84), Losano (Kvaratsxeliya, 64), Raspadori (Osimxen, 73).
Ogohlantirishlar: Chekkerini (14), Terrachchano (78), Davidovich (90), Kvaratsxeliya (90), Verdi (90).

Luchano Spalletti tarkib tanlashda u qadar radikal bo‘lmadi, lekin turnirdagi vaziyatdan kelib chiqqan holda «Napoli» ham ko‘proq yetakchilariga dam berishi mumkin edi. Bu tabiiyki, yevrokubok o‘yinlarida diskvalifikatsiyaga uchragan Kim Min Je va Zambo Angissaga taalluqli emas. Ammo Kvaratsxeliya va Zelinski o‘yinni zaxirada boshladi, asosiysi — ularning yonida jarohatidan tuzalgan Osimhen ham o‘tirardi. Nigeriyalik hujumchi ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushib, gol ura olmagan bo‘lsa-da, u borligida neapolitanliklarning o‘yini qanday o‘zgarishini ko‘rsatib berdi — uning so‘nggi daqiqalardagi zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Undan bir necha kundan keyin «Milan»ga qarshi kechadigan o‘yinda gol urishi talab etiladi.

Inter — Monsa 0:1
Gol: Kaldirola (78).
Inter – Onana, Dumfris, Darmian (Jyeko, 81), de Vrey (Acherbi, 51), Bastoni, Gozens, Mxitaryan (Chalxono‘g‘li, 71), Barella, Aslani (Brozovich, 71), Korrea (Martines, 71), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Itsso (44), Kaprari (62), Mxitaryan (66), Brozovich (80).

Chempionlar ligasining yana bir ishtirokchisi ham tarkibda jiddiy rotatsiya amalga oshirdi, «Inter» hujumida Lukaku va Korrea dueti maydonga tushdi. Ammo muvaffaqiyatsiz natijani shuning o‘ziga bog‘lash o‘rinsiz. «Neradzurri»da darvozani ishg‘ol etish uchun yetarlicha imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ular o‘z tarixida ilk bor qatorasiga uch uy uchrashuvida birorta gol ura olmasdan mag‘lub bo‘ldi. Bunday o‘yinlar bilan Simone Indzagi jamoasi beshinchi o‘ringa tushib ketgani ajablanarli emas. Adriano Gallianini xushnud etgan «Monsa»ga esa bitta burchak zarbasi va himoyachi Kaldirolaning bosh bilan bergan zarbasi yetarli bo‘ldi.

Fransiya: ideal bog‘lam

PSJ — Lans 3:1
Gollar:
Mbappe (31), Vitinya (37), Messi (40) — Frankovski (60).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Ramos, Markinos (Zair-Emeri, 88), Danilu Pereyra, Mendesh (Bernat, 77), Fabian Ruis, Soler, Vitinya, Messi, Mbappe.
Lans – Samba, Gradi (David Koshta, 84), Danzo, Medina, Machado (Aydara, 73), Frankovski, Tomasson (Sotoka, 46), Fofana, Fyuljyeni (Onana, 46), Abdul Samad, Openda.
Chetlatish: Abdul Samad (19).

Shanba kuni «Park de Prens»da kechgan o‘yinda amalda chempionlik intrigasi taqdiri hal bo‘lishi kerak edi. Bu o‘yin esa parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galte irqchilik va musulmonlarga hurmatsizlikda ayblanishi fonida kechdi. Endi u «Nitssa»ning sobiq sport direktori, RMC Sport jurnalistlariga shu haqda aytib bergan Furne bilan (avvalroq Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ham uni sudga bergandi) sudlashadi. Bunga parallel ravishda prokuratura ham o‘z tekshiruvini boshlagan, ammo muqaddam Galte bilan ishlaganlarning barchasi uning yonini olmoqda.

Internetda murabbiy iste’fo yoqasida turgani haqidagi son-sanoqsiz hazillar yozilayotgan vaqtda «PSJ» ideal futbol namoyish etdi. «Lans»ning o‘zi ham amaldagi chempionlarning vazifasini osonlashtirib berdi, mehmonlar 19-daqiqadan bir kishi kam bo‘lib o‘ynashdi. Qiziq jihati, bu mavsumda follar soni bo‘yicha (69) ligada yetakchi bo‘lgan Samed muddatidan oldin kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.

Shundan keyin maydon egalari birinchi bo‘limning o‘zida ham alohida o‘yinning, ham chempionlik kurashining intrigasini ko‘mib qo‘yishdi. Avvaliga Mbappe raqib darvozasini ishg‘ol etib, to‘rtinchi bor bir mavsumning o‘zida urgan gollari sonini 20 taga yetkazdi. Keyin esa Kilian va Messi chiroyli kombinatsiya uyushtirishdi, argentinalik futbolchi fransiyalik jamoadoshining tovon bilan bergan pasini qabul qilib, jarima maydoniga kirib bordi va darvozani ishg‘ol etdi. Bu joriy mavsumda Messi va Mbappe bir-biriga assist berish orqali gol urilgan 23-golli kombinatsiyaga aylandi.

Germaniya: Vernerning yubiley goli

Bavariya – Hoffenhaym 1:1
Gollar:
1:0 – 17 Pavar, 1:1 – 71 Kramarich.
Bavariya – Zommer, Pavar, Upamekano, de Ligt, Joau Kanselu (Gravenberx, 80), Goretska (Musiala, 60), Kimmix, Myuller, Koman (Devis, 60), Sane (Tel, 59), Gnabri.

«Manchester Siti»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin Germaniya chempionlari o‘z uyida «Hoffenhaym»ga qarshi o‘yinda durang bilan kifoyalandi. Shu bilan birga, jamoa birinchi bo‘limda hisobni ochib, joriy mavsumda birinchi bo‘limda urgan gollari sonini 52 taga yetkazdi, bu orqali o‘zining ikki yil oldin qayd etilgan rekordini takrorladi. O‘yin oxirida «Bavariya» tom ma’noda raqibni jarima maydoniga qamab qo‘ydi, ammo jamoa g‘alabaga haqli edi deyish qiyin. Jamoa fanatlari «Borussiya» o‘yinidan kelgan xabarni nishonlashdi.

Shtutgart – Borussiya D 3:3
Gollar:
0:1 – 26 Aller, 0:2 – 33 Malen, 1:2 – 77 Kulibali, 2:2 – 84 Vagnoman, 2:3 – 90 Reyna.
Shtutgart – Bredlov, Vagnoman, Anton, Zagadu, Mavropanos, Sosa, Karazor, Endo, Fyurix (Mvumpa, 62), Miyo (Kulibali, 74), Girassi (Tiagu Tomash, 74).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Xummels (Kulibali, 46), Djan, Gerreyru, Brandt (Roys, 63), Ozjan, Bellingem, Malen (Bayno-Gittens, 69), Aller (Mukoko, 63), Adeyyemi (Reyna, 82).
Chetlatish: Mavropanos (39).

Dortmund bu o‘yinda peshqadamlikka qaytishga juda yaqin edi — chunki shanba kuni barcha voqealar «Borussiya» foydasiga kechayotgandi. Avvaliga Malen o‘yinni yondirib, o‘ng qanotda raqib himoyachilarini fintlari bilan dog‘da qoldirdi va Allerga assistentlik qildi, keyin o‘zi ham gol urdi. Buning ustiga birinchi bo‘lim oxirlarida raqib tarkibida Mavropanos ikki sariq kartochka oldi. Turnir jadvalining quyi qismidagi jamoaga qarshi o‘yinda bu vaziyatda ustunlik boy berilishini hech kim o‘ylamagandi.

Ammo «Shtutgart» sinib qolmadi va ikkita gol bilan javob qaytardi. Ammo eng aql bovar qilmas voqealar o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda ro‘y berdi. «Borussiya» Reynaning goli bilan nihoyat raqibni taslim qilgandek ko‘rindi.

Odatda bunday zarbadan keyin raqib o‘ziga kela olmaydi, ammo mezbonlar qo‘shib berilgan yettinchi daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Bu katta ehtimol bilan dortmundliklarga chempionlik xarakteri yetishmayotgani bilan bog‘liq, busiz esa hatto oqsoqlanayotgan «Bavariya»dan o‘zib ketish ham qiyin.

RB Leypsig – Augsburg 3:2
Gollar:
0:1 – 5 Mayyer, 1:1 – 10 Kampl, 2:1 – 32 Verner, 3:1 – 35 Verner, 3:2 – 82 Vargas.
RB Leypsig – Blasvix, Xenrixs, Orban, Klostermann, Gvardiol, Raum (Diallo, 85), Kampl (Laymer, 79), Aydara, Olmo (Nkunku, 74), Soboslai (Xalstenberg, 85), Verner (Andre Silva, 85).

«Leypsig» esa o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish etdi. Ha, jamoa tezkor gol o‘tkazdi, ammo bunga reaksiya vaqtida va kuchli berildi. Ikki daqiqa ichida dubl qayd etgan Verner turnirdagi gollari sonini 100 taga yetkazdi. Buning uchun ushbu hujumchiga 224 o‘yin yetarli bo‘lgan, bu g‘alabadan keyin mezbonlar kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qolishdi.

Beshinchi o‘rinda kelayotgan «Frayburg» bu turda Marko Roze jamoasiga yetib ololmasligi aniq. «Union» esa «Bohum» bilan o‘z uyidagi o‘yinda ochko olsa, uchinchi o‘ringa qaytishi mumkin.

Kun statistikasi

  • «Portu» futbolchilari 2 yildan buyon Portugaliya chempionatida uy o‘yinlarida penaltida xato qilishmayapti.
  • Belgiya divizionida 1994/95 yilgi mavsumda debyut qilgan «Ostende» o‘tgan vaqt ichida 4-bor ikkinchi ligaga tushib ketdi. Bu vaqt ichida boshqa hech bir jamoa buncha ko‘p bor qulamagan.
  • Roy Hojson tayinlanganidan buyon uch o‘yin o‘tkazgan «Kristal Pelas» 100 foizlik natijaga erishdi va bu o‘yinlarda 9 gol urdi.
  • «Fenerbahche» futbolchilari joriy mavsumda Turkiya chempionatida 14 bor penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi.
  • 20 mag‘lubiyat — «Groningen»ning Niderlandiya chempionatining bir mavsumidagi eng yomon natijasi. Autsayder jamoada bunday yomon ko‘rsatkich 1974 yildan buyon kuzatilmagandi.
  • «PSJ» 31 turdan keyin 72 ochko jamg‘ardi. Fransiya chempionati tarixida 31-turdan so‘ng yetakchining buncha ochko to‘plashi 8 bor kuzatilgan va barchasida o‘sha jamoa chempion bo‘lgan.
Mavzuga oid
Top