10:58 / 19.04.2023
21099

Past Darg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qonunchilik palatasi deputati tuman hokimiga aylandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani hokimligida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Vahobjon Abdug‘aniyevich Murodqobilov nomzodi Past Darg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Vahobjon Murodqobilov 1974 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan.

Turli yillarda qurilish vazirligida boshqarma boshlig‘i, qurilish vazirligi huzuridagi «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.

Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan.

  • Eslatib o‘tamiz, Past Darg‘om tumaniga 2019 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shunqor Xudoyberdiyev bugun Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
Top