Feruz Ne’matullayeviç Abilov Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Feruz Abilov 1978 yilda Narpay tumanida tuğilgan.
Muqaddam viloyatning Oqdaryo tumaniga hokimlik qilgan. 2020 yil aprelida Samarqand viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Uning örniga Şunqor Xudoyberdiyev Samarqand viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida iş boşladi.

Şunqor Xudoyberdiyev 1971 yilda Past Darğom tumanida tuğilgan. 1988-1993 yillarda Samarqand qişloq xöjalik institutida tahsil olgan.
U mehnat faoliyatini 1993 yilda «Özdehqonsanoatbank» viloyat boşqarmasi Past Darğom tumani filiali iqtisodçisi sifatida boşlab, şundan söng «Paxtabank»da turli lavozimlarda işlagan. 2006-2015 yillarda esa «Milliy bank»ning viloyat bölimi boşqaruvçisi, 2015-2016 yillarda Markaziy bankning Navoiy viloyati boş boşqarmasi boşliği vazifalarida faoliyat körsatgan.
2016-2019 yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan, 2019 yilda Past Darğom tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.












