11:25 / 21.04.2023
11603

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganmoqda

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida provinsiyalarga  safarlari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Shutterstock

Delegatsiya a’zolari kambag‘allikni qisqartirish va qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganish maqsadida Xebey, Gansu va Yunnan provinsiyalari va shaharlarida bo‘lib, ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiyaning  tashrifi davomida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida turizm, savdo, qishloq xo‘jaligi, gul yetishtirish, o‘simliklardan tabiiy dorivor mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda tashkil etilgan loyihalarni ko‘zdan kechirdilar.

Xitoy provinsiyalarining tajribasidan foydalanish masalasi ham muhokama qilindi.

Top