Prezident maktablari imtihoni 2-bosqichidan o‘tolmaganlar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov aytib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
U 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.
Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.
Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.
Prezident maktablarining 5-sinf kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.
Bunda, talabgorlar Prezident maktabiga saralash imtihonlarining ikkinchi bosqich javoblari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga o‘qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
-
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi
Jahon | 08:50
-
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda
Jahon | 08:07
-
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi
Jahon | 08:03
Mavzuga oid

12:20 / 01.07.2025
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

19:47 / 24.06.2025
Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin

10:25 / 24.06.2025
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir

17:14 / 11.06.2025