Senatning sakkizinçi yalpi majlisida Soliq qömitasi raisi birinçi örinbosari Mubin Mirzayev uy-joy oldi-sotdisi böyiça barça operatsiyalarni faqat banklar orqali naqd pulsiz şaklga ötkaziş rejalaştirilayotganini ma’lum qildi.

«Köplab davlatlar 2030 yilgaça naqd pulsiz hisob-kitoblarga töliq ötişni maqsad qilib qöygan. Şuningdek, köçmas mulk bilan boğliq operatsiyalardan boşlab yirik tölovlarni naqd pulsiz şaklga ötkazişni rejalaştirganmiz. Hozirda uy-joy oldi-sotdisi asosan naqd pulda amalga oşirilmoqda. Yangi qoidalarga köra, tölovlar faqat banklar orqali, qonuniy şaklda amalga oşiriladi», - dedi Mirzayev.

Uning ta’kidlaşiça, bu çora yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga qaratilgan. Qaror loyihasi allaqaçon barça vazirlik va idoralar bilan kelişib olingan.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning dekabridagi Senat yalpi majlisida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Özbekistonda yaşirin iqtisodiyot hajmi YaIMga nisbatan 25 foizdan 45 foizgaça yetişi mumkinligini aytib ötgandi.

«Qaysi tarmoqlarda yaşirin iqtisodiyot eng yuqori deb aytadigan bölsak, bular: quriliş, savdo, xizmat körsatiş sohalari» degandi vazir.

2024 yilning boşida prezident Şavkat Mirziyoyev ham Özbekistonda yaşirin iqtisodiyot muammosi eng dolzarb masala ekanini ta’kidlagandi.

Davlat rahbariga köra, xizmatlarda 140 trln söm, qurilişda 50 trln söm, sanoatda 40 trln söm mahsulot «soyada» qolmoqda. Agar ular joyida bölsa, bu orqali YaIMga 135 trln söm, davlat budjetiga esa 30 trillion söm miqdorida tuşum qiliş mumkin.