AQŞning Kolumbiya universiteti olimlari Hindistonning Karnataka ştatidagi yerosti suvlarining xavfli darajada uran bilan ifloslanişiga olib kelgan asosiy sabablarga aniqlik kiritdi. Tadqiqot natijalari Environmental Science & Technology ilmiy jurnalida çop etildi.

Ma’lum qilinişiça, tadqiqot davomida mintaqadagi suv namunalarining 78 foizida uran miqdori xavfsiz me’yordan yuqori ekani aniqlangan, ba’zi hududlarda esa bu körsatkiç 75 baravar oşgan.

Olimlar zamonaviy izotop tahlili usullaridan foydalanib, uranning yerosti suv qatlamlarida qanday harakatlanişini kuzatişga muvaffaq bölişdi. Aniqlanişiça, kislorod mavjud bölgan oksidlovçi şaroitda uran oson eriydi va suv bilan birga harakatlanadi. Aksinça, kislorodsiz tiklovçi hududlarda u qattiq birikmalar körinişida çökadi.

«Tadqiqotimiz oddiy ifloslanişni aniqlaş doirasidan çiqib ketadi. Biz uranning yerosti muhitidagi harakatini belgilovçi mexanizmlarni tuşundik. Bu esa millionlab insonlar salomatligini himoya qiliş uçun juda muhim», — deydi tadqiqot muallifi Arijit Mitra.

Uzoq muddat davomida uran miqdori yuqori bölgan suvni iste’mol qiliş buyrak, jigar va suyak tizimiga jiddiy zarar yetkazişi mumkin. Karnataka ştatida esa bunday ta’sirga taxminan 25 million kişi duçor bölmoqda.

Tadqiqot natijalari muammoni hal etiş uçun yangi imkoniyatlar oçyapti. Olimlar yangi quduqlarni joylaştirişda geologik şaroitlarni hisobga oliş, eng köp ifloslangan hududlarda mahalliy tozalaş tizimlarini joriy etiş va suv sifatini doimiy kuzatib boriş uçun kompleks monitoring tizimini yaratişni taklif qilmoqda. Bu kabi çoralar faqat Hindistonda emas, balki şunga öxşaş muammolarga duç kelayotgan dunyoning boşqa hududlarida ham qöllanişi mumkin.