11:27 / 27.04.2023
9880

Isroil Lavrov raisligidagi BMT majlisini tark etdi

BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Falastin masalasi muhokama qilindi. Isroilning doimiy vakili Erdan halok bo‘lgan Isroil harbiylari va politsiyasini xotirlash kunida ayblovlarga quloq solmoqchi emasligini aytdi.

Foto: Mike Segar/Reuters

Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan 25 aprel, seshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini tark etdi. Isroil halok bo‘lgan harbiylar va politsiyachilarni yodga olgan Xotira kuniga to‘g‘ri kelgan yig‘ilishda Falastin masalasi muhokama qilindi.

Erdanning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha bor uchrashuv sanasini keyinga qoldirishni so‘ragan, biroq uni eshitishmagan. "Men bu kunni ayblovlarni tinglash bilan o‘tkazishdan bosh tortaman. Bu muhokama halok bo‘lganlarni hurmat qilmaydi. Isroil unda ishtirok etmaydi", - dedi diplomat. U o‘tgan yili halok bo‘lganlarning ismlarini o‘qib, sham yoqib, yig‘ilishni tark etdi.

Sergey Lavrov Erdanning Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi Isroilga qarshi bo‘lgani haqidagi ayblovini rad etdi. “Uchrashuv Xavfsizlik kengashining o‘nlab yillardan buyon kun tartibida bo‘lgan bandi asosida bo‘lib o‘tdi va Falastin muammosi eng qadimgi masala bo‘lib, uni hech kim va hech qachon hal qilib olmagan”, - deydi Rossiya diplomati.

Shuningdek, Lavrov Xavfsizlik kengashi ish jadvali oldindan muhokama qilinganini ta’kidladi va uning so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni Yaqin Sharq muammolari, jumladan, “Falastin muammosi” ko‘rib chiqilishiga hech kim e’tiroz bildirmagan.

Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham Rossiya tashqi ishlar vaziri raisligidagi BMT Xavfsizlik kengashi majlisida ishtirok etishdan bosh tortgan edi.

Top