18:55 / 01.05.2023
16573

O‘zbekiston onlayn bozorida burilish qilgan Uzum Market bilan hamkorlik haqida

Sherzod Xo‘jayev tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishda 15 yillik tajribaga ega. Perfecto brendi asoschisi. Ayni paytda onlayn savdo bozorida yetakchi tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Ushbu brend mahsulotlari nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo bozorida o‘zbek trikotajining keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Bugun onlayn bozor qulayliklari ko‘paygan

Perfecto brendida bir necha yil oldin 95 foiz mahsulotimiz eksportga ketar edi, qolgan 5 foiz chakana savdoga chiqarilardi. 2020 yildan boshlab 20-30 foiz mahsulotimiz chakana savdoga chiqarilar edi. Hozir Uzum bilan hamkorlikni boshlaganimizdan keyin bu ko‘rsatkich qish mavsumida 70 foizgacha ko‘tariladi. Rivojlanishda shunday davom etsak, 50 ga 50 bo‘lib qolsa kerak, deb taxmin qilyapmiz.

2021 yilda oflayn do‘konlarimizdagi chakana savdo hajmi tushib ketdi karantin sabab. O‘sha paytda MDH davlatlarida mahsulotlarimizni onlayn xarid qilish kuchaydi internet do‘konlarida. Shundan so‘ng jamoa bilan maslahatlashib, bu variantni o‘rganib chiqishni boshladik. Uzum Market'ni tanlashimizdan oldin asoschilari bilan gaplashdik, o‘rgandik. Omborini ko‘rdik, logistika tizimi bilan tanishdik, yaxshi tomoni bu marketda o‘zining kompaniyasiga tegishli xizmat mashinalari bor. Har bitta tuman markazida markazlari bor, bir kun ichida yetkazib berishadi. Oldin viloyatlarga yetkazish qimmatga tushardi bizga yoki mijozga, Uzum Market esa tekinga yetkazib beradi. Shunday ustun tomonlarini o‘rganib chiqqanimizdan so‘ng mahsulotlarimizni qo‘ya boshladik. Boshida yaxshi savdoni yo‘lga qo‘ygunimizcha vaqt ketadi deb o‘ylagandik. Lekin birinchi oyning o‘zida katta effekt berdi.

O‘zbekistonda yanvar, fevral, mart oylarida chakana savdoda pasayish bo‘ladi. Lekin Uzum Market'da boshqa yillarnikiga qaraganda ko‘proq savdo bo‘ldi qish mavsumida. Chunki o‘zbekistonliklar uchun qiziq bo‘ldi internet do‘kon va trendga aylangan edi. Bundan tashqari, iloji boricha ulgurji narxlarda qo‘yishni boshladik. Yana bir yaxshi tomoni xaridorlar mahsulotlarni olgach, izohlar qoldirishi bo‘ldi, chunki ijobiy fikrlar ko‘p. Boshidan internet do‘koniga ishonchni orttirish, odamlarni jalb qilish uchun yaxshi mahsulotlar qo‘ydik.

Biz uchun hammasini Uzum bajaryapti

Biz tadbirkorlik faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishda oflayn do‘konlarda ijara to‘lashimiz, sotuvchi olishimiz, reklama bilan shug‘ullanishimiz kerak. Bunday do‘konlarning qamrovi cheklangan bo‘ladi. Internet do‘konlari esa bizning hududiy imkoniyatni oshiradi. Bemalol boshqa viloyatlarga yetkazishimiz mumkin.

Yana bir yaxshi tarafi shundayki, mijoz o‘zining hududidagi Uzum Market bo‘limiga borib, buyurtma qilgan kiyimini tekshirib, kiyib ko‘rib, keyin pulini to‘laydi, shuning uchun ham mijozlar qo‘rqmasdan buyurtma berishyapti. Hozircha 100 dan ortiq shunday bo‘limlar bor viloyatlarda.

Biz faqat Uzum Market'ga xizmat haqi to‘laymiz mahsulot sotilgach. 3 foizdan 20 foizgacha mahsulot pulini olishadi. Agar qimmat mahsulot bo‘lsa, kam foizda, arzon bo‘lsa ko‘proq. Barcha xizmatlar shu foiz ichida bo‘ladi.

Ayni paytda biz do‘konlarga, reklamalarga, sotuvchilarga pul sarflamayapmiz. Hammasi shu Uzum Market xizmatlari ichida. Internetda ham birinchi bo‘lib Uzum Market reklamalari, mahsulotlari chiqib keladi.

Mijoz bo‘lib to‘lashga xarid qilganda ham Uzum Market tadbirkorga naqd pul beradi

Bo‘lib to‘lash faqat Uzum Market'ning o‘ziga tegishli bo‘lgan xizmat. Ya’ni bizning mahsulotni bo‘lib to‘lashga olishsa ham, Uzum Market bizga to‘liq pulni tushirib beradi. Bo‘lib to‘lash xizmati mahsulotning sotilish hajmini yanada ko‘paytiradi. Uzum Market'ga kirib kelganimizdan keyin shuni anglab yetdikki, bu yo‘nalishning kelajagi bor. Faqatgina tekstil bilan cheklanib qolmasdan, boshqa mahsulotlarni sotish ham qulay. Shuning uchun biz Uzum Market bilan ishlaydigan alohida bir bo‘lim tashkillashtirdik. Bu o‘zimizning mahsulotlarni ham, import mahsulotlarni ham sotishga ixtisoslashgan. Kelgusida ham Uzum Market bilan hamkorlik qilish niyatidamiz. Shaxsan o‘zim asosiy e’tiborimni Uzum Market'dagi savdoga qaratganman. Va kelajakda hamkorlikni 5-10 barobargacha oshirish niyatimiz bor.

Reklama

Top