07:44 / 13.05.2023
6203

Blinken va Kuleba Ukrainaning qarshi hujumga tayyorgarligini muhokama qildi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina Qurolli kuchlarini qarshi hujumga tayyorlash borasidagi holatni, jumladan, Kiyevning xalqaro hamkorlari ushbu operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlashga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissani muhokama qildi. 

Foto: AP

Bundan tashqari, Blinken, AQSh Davlat departamenti matbuot bayonotiga ko‘ra, Ukraina suvereniteti Yevropada tinchlik va xavfsizlik uchun muhim ekanligini ta’kidladi va prezident Jo Baydenning Ukraina bilan zarur bo‘lgan vaqtgacha qolish va’dasini yana bir bor tasdiqladi. 

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning Rossiyaga qarshi mudofaa urushidagi eng muhim ittifoqchisi sanaladi. 

Rossiya bosqinining boshidan beri Vashingtonning Kiyevga bergan harbiy yordami hajmi 36,9 milliard dollardan (deyarli 33,7 milliard yevro) oshdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top