12:10 / 24.05.2023
7929

Germaniya Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini topshirdi

Germaniya Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etdi, bu haqda seshanba kuni GFR hukumatining tegishli veb-saytida ma’lumot e’lon qilindi. 

Foto: TRML-4D

Paketga quyidagilar kiradi: TRML-4D ko‘p funksiyali o‘rta masofali radiolokatsiya stansiyasi, ikkita Biber ko‘prik yotqizish mashinasi, uchta minalardan tozalash mobil tizimi, 54 ta Vector razvedka dronlari, sakkizta dronlarga qarshi tizim va bitta elektron razvedka tizimi. 

Bundan tashqari, ro‘yxatga avtomobil texnikalari kiritilgan: oltita chegara avtomobili, ikkita 8x6 og‘ir yuk mashinasi, beshta yarim tirkamali yuk mashinasi, 34 ta pikap va sakkizta Zetros yuk avtomobili.

AQSh prezidenti Jo Bayden 21 may kuni Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Ukrainaga 375 million dollarlik yangi qurol-yarog‘ yetkazib berilishini e’lon qildi. To‘plamga “o‘q-dorilar, artilleriya va zirhli texnikalar” kiradi, dedi Bayden Xiroshimadagi G7 sammiti chog‘ida.

Pentagon veb-saytida xabar qilinishicha, yangi yetkazib berishga HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, 155 mm va 105 mm artilleriya snaryadlari, TOW tankka qarshi raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, Javelin va AT-4 ko‘chma raketa komplekslari, zirhli tibbiy mashinalar, ko‘prik tizimlari, og‘ir texnikani olib o‘tish yuk mashinalari, teplovizorlar, ehtiyot qismlari va dala uskunalari kiradi.

Qurol-yarog‘ Ukrainaga AQSh Mudofaa vazirligining o‘z zaxiralaridan o‘tkaziladi. "Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilari va hamkorlari bilan Ukrainaga jang maydonidagi ehtiyojlarini hamda xavfsizlik bo‘yicha uzoq muddatli ehtiyojlarini qondirish uchun ishlashda davom etadi", deya ta’kidlab o‘tdi AQSh mudofaa idorasi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top