22:33 / 26.05.2023
14785

Foto: Prezident istirohat bog‘idagi odamlar bilan muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘ldi.

Bu maskan 2019 yilda xorijiy kompaniyaga ijaraga berilgan edi. O‘tgan vaqtda 12 million dollarlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, sharoitlar yaxshilandi. 43 ta yangi attraksion o‘rnatilib, uch yuzdan ziyod ish o‘rni yaratildi.

Ilgari boqqa kuniga 30 ming atrofida mehmon kelgan bo‘lsa, rekonstruksiyadan so‘ng o‘rtacha 60 ming kishi tashrif buyurmoqda.

Davlat rahbari bog‘ bo‘ylab yurib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bolajonlarga mehr ko‘rsatib, ezgu tilaklar bildirdi.

Top