“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “2024 yilda Toşkent şahar Çilonzor tumanini Xitoy tajribasi asosida, şu jumladan yangi yondaşuvlar, innovatsion va “yaşil texnologiyalar” hamda boşqaruvda zamonaviy usullarini qöllagan holda kambağallikdan çiqariş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari, ekspertlari tomonidan mazkur qaror loyihasi atrofliça örganilib, tahlil etilganida unda rejalaştirilayotgan ayrim masalalar yuzasidan savollar yuzaga kelgani aytiladi.

Taklif etilayotgan qaror loyihasiga köra, Çilonzor tumani hududidan Dömbirobod, Kiçik halqa yöli, Dilxuş 2-tor köçasi kesişmalari oraliğida joylaşgan yöl böyidagi aholi xonadonlari va xizmat körsatiş obektlarini renovatsiya asosida köp qavatli qilib qayta quriş hamda birinçi qavatida yangi zamonaviy xizmat körsatiş obektlarini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.

“Renovatsiyaning mustahkam huquqiy asosi, xususan, uni amalga oşirişning qat’iy talab va tartiblari, uy-joy mulkdorlari huquqlariga rioya etiş kafolatlari bölmasdan turib, bu borada loyihalarning amalga oşirilişi jismoniy va yuridik şaxslarning manfaatlariga putur yetkazişi mumkin.

Şu sababli, Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi mazkur qaror loyihasining renovatsiyaga oid qonunçilik asoslari mavjud emasligini hamda keng jamoatçilik, şu jumladan Çilonzor tumani aholisi bilan har tomonlama muhokama qilib, ularning fikrini inobatga olgan holda takomillaştiriş maqsadga muvofiq deb hisoblaydi”, deyiladi partiya rasmiy munosabatida.