Toşkent şahar Çilonzor tumanida Lacetti transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa 12 mart kuni soat 16:15 larda Çilonzor tumani Zargarlik köçasida sodir bölgan. 2001 yilda tuğilgan A.T.ga tegişli Lacetti’ning dvigatel qismida qisqa tutaşuv sodir bölgani oqibatida yonğin kelib çiqqan. 

Yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yöq.

Mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilib, yonğin yuzaga kelişining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.