Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Bo‘rijar kanali qirg‘og‘ida sayilgoh tashkil etilishi mumkin
Kanalni obodonlashtirish va uning bo‘yida sayilgoh tashkil etish loyihasi muhokama qilinmoqda.
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov 17 aprel kuni Yakkasaroy va Chilonzor tumanlaridan o‘tuvchi Bo‘rijar kanali bo‘yini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

E’lon qilingan fotosuratlarda kanal bo‘yini obodonlashtirish va sayilgoh barpo etish loyihasi chizmalarini ko‘rish mumkin. Bunda kanal bo‘yidagi aholi turar-joylarining «qizil chiziq» hududiga tushgani, ya’ni buzilishi mumkinligi oydinlashadi.


Kun.uz manbasidan ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyiha hali tasdiqlanmagan va hozir muhokama jarayonida.
Hokimlik xabariga ko‘ra, Umrzoqov poytaxt ekologiya boshqarmasi va O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida daraxtlarning holatini inventarizatsiya qilish va baholashdan o‘tkazish hamda daraxtlarning kesilmasligi uchun ularning o‘sayotgan joyini hisobga olgan holda loyihaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026