22:24 / 02.06.2023
35874

Yerda yangi «qalbaki» Oy paydo bo‘ldi 

U 3700 yilgacha 14 million kilometr uzoqlikda Yerga «hamrohlik» qiladi. 

Foto: Addy Graham/University of Arizona

Qo‘shma Shtatlarning Havayi orolidagi Pan-STARRS observatoriyasi astronomlari Yerga yaqin bo‘lgan yangi 2023 FW13 obektini topdilar. Dastlab unga orbitasining barqarorligi tufayli e’tibor berilgan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, bu yana bir kvazi (qalbaki) tabiiy yo‘ldosh. Ya’ni, u Yer bilan orbital rezonansda va ko‘p yillar davomida uning atrofida qoladi. Hatto Quyosh atrofida ham bir xil vaqtda to‘liq aylanadi. 

Oy bilan taqqoslaganda obekt juda kichkina - besh qavatli binoning o‘lchamida (taxminan 15 metr). Va u ancha uzoqda, 14 million kilometr masofadan o‘tadi. 

Olimlarning fikricha, bu Yerning eng qadimgi kvazi tabiiy yo‘ldoshi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, u miloddan avvalgi 100 yillarda Yerga «qo‘shni» bo‘lgan. Va taxminan 3700 yilgacha shunday bo‘lib qoladi. 

2023 FW13 Yerga yaqin obekt hisoblanishiga qaramay, biz uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Agar uning trayektoriyasi o‘zgarsa, biz bu haqda ehtimoliy to‘qnashuvdan bir necha o‘n yillar oldin bilib olamiz, deb xulosa qildi astronomlar. 

Mavzuga oid
Top