19:00 / 07.06.2023
20160

Navoiy innovatsiyalar universiteti – kafolatlangan sifatli ta’lim

Navoiy innovatsiyalar universitetida 2023-2024 o‘quv yili uchun 13ta yo‘nalishda qabul jarayonlari boshlandi.

Navoiy innovatsiyalar universitetida:

  • iqtisodiyot;
  •  IT;
  •  filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek, rus, ingliz tili);
  •  konchilik ishi;
  •  ijtimoiy jarayonlar va shu kabi bir nechta sohalarda sifatli ta’lim olish mumkin.

Oliygohda abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston va dunyoning istalgan nuqtasidan turib onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi, shartnomani yuklab olishi yoki imtihon topshirishi mumkin. Call-center orqali abituriyentlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi. Hujjat topshirish va savollarga javob olish jarayoni 24/7 rejimda joriy etilgan.

Sabrina Mahmudova faoliyat boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan universitet talabasi sifatida mazkur ta’lim muassasasida o‘qiyotganligidan faxrlanishini aytadi:

 — Bu yerga topshirishimdan oldin sharoitlarni, dars berish jarayonlarini ko‘rib chiqib, keyin topshirganman. Bir yildan beri o‘qiyotgan bo‘lsam, o‘z tanlovim bilan faxrlanaman deb aytolaman. Kutubxona shundoq institut yonida, qizlar uchun yotoqxona ham mavjud.

Universitetda sifatli ta’lim, yoshlarga individual yondashuv, xorij tajribasi asosida amaliyot taqdim etiladi. NIU rektori Nuriymon Abdulhasanning so‘zlariga ko‘ra, universitetda 2+2 dasturi asosida Germaniya bilan hamkorlik o‘rnatilgan:

 — Navoiy innovatsiyalar universiteti yoshlarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni taqdim etadi. Chet el talabalaridan kam bo‘lmagan holda kuchli iqtidor egasi ekanliklarini o‘zida kashf etishadi. Bundan tashqari, ikkinchi kursdan boshlab xorijga o‘quv dasturlari bo‘yicha yuborib, u yerda o‘z tengdoshlari bilan tajriba almashishlarini rejalashtirib qo‘yganmiz. Germaniya bilan hamkorlikda katta loyiha amalga oshirmoqdamiz. Loyihaning asosiy maqsadi talabalarimiz ikkinchi kursdan Germaniyada o‘qishni davom ettiradi, ularda ishlash imkoniyati ham bo‘ladi. Turkiya va Janubiy Koreya bilan hamkorligimiz bor. Kelgusida bu yo‘nalishlarda katta imkoniyatlar ochilyapti bizga.

Sifatli ta’lim uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda, yoshlarimizni kamida 3 ta tilni biladigan mutaxassis qilib tayyorlaymiz. Hayotda, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

Oliygoh yaqin kunlarda universitet maqomini oldi va endilikda respublikadagi hamda xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan sog‘lom raqobatni amalga oshirmoqda.

Telefon: (55) 5000043

Sayt: Niuedu.uz

Telegram: t.me/niuedu_uz

Instagram: instagram.com/niuedu.uz

Reklama

Mavzuga oid
Top