13:40 / 07.06.2023
11840

Video: Toshkentda YPX xodimlari yangi BMW mototsikllarini boshqarishni o‘rganmoqda

Toshkent shahridagi Yo‘l-patrul xizmati xodimlari yangi BMW mototsikllarini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar Germaniyadan kelgan mutaxassislar tomonidan olib borilyapti.

Videodan kadr

Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Germaniyadan miltillovchi mayoqlar, old qismida nur tarqatuvchi STOP yozuvi va boshqa jihozlarga ega yangi BMW xizmat mototsikllari partiyasini oldi. O‘zbekiston IIV YHXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uch turdagi mototsikllar keltirildi. 

Hozirda Germaniyadan ikki nafar mutaxassis Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini transport vositalarini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rgatmoqda. 

«Motosikllarda xizmat vaqtida foydalanish uchun ko‘plab qulayliklar mavjud. Zamonaviy jihozlar, yaxshi tormoz tizimi», - deydi moto-guruh inspektorlaridan biri. 

Ma’lum qilinishicha, bungacha Yo‘l-patrul xizmatida 1993 yilda ishlab chiqarilgan Honda mototsikllari bo‘lgan. 

Top