Yaponiya O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida inson resurslarini tayyorlashga qiziqish bildiryapti
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyaning CAL Co., Ltd kompaniyasi prezidenti Mayeda Akira va «Kompyuterlashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik markazi» bosh menejyeri Kotaro Okada bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv davomida Yaponiya bilan axborot texnologiyalar sohasida inson resurslarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va ushbu kompaniya vakillarini O‘zbekistonga safarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
CAL Co., Ltd kompaniyasi prezidenti joriy yil iyul oyida O‘zbekistonga amaliy tashrifini amalga oshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Safar davomida O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Raqamli texnologiyalar vazirliklari, «Ishga marhamat» monomarkazlari, IT Park va bir qator oliy o‘quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda kompaniya vakillari Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi barcha sohalardagi ikki tomonlama aloqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar. Tashqi mehnat migratsiyasi masalasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, yapon tili o‘rgatish va kasbiy ko‘nikmalar hosil qilishga asoslangan monomarkazlar tashkil etilgani bildirildi. Ushbu monomarkazlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari alohida ta’kidlandi.
Mavzuga oid
20:08 / 19.10.2024
Yaponiyalik erkak bosh vazir qarorgohiga bostirib kirishga urindi
11:40 / 19.10.2024
Yaponiyada birinchi marta 50 yildan ortiq ishlayotgan AES reaktori faoliyatiga ruxsat berildi
12:04 / 16.10.2024
Xitoy dunyodagi birinchi 6 tonnali uchuvchisiz samolyotni namoyish qildi
12:50 / 12.10.2024