Rossiya Taşqi işlar vazirligi 11 oktyabr, juma kuni Tokioning oktyabr oyi oxirida AQŞ iştirokida keng kölamli harbiy maşğulotlar ötkaziş rejalari munosabati bilan Yaponiyaga «qat’iy norozilik» bildirdi. Taşqi işlar vazirligining ta’kidlaşiça, Amerika-Yaponiya maşğulotlari, xususan, Xokkaydo orolining «Rossiya çegaralariga yaqin joylaşgan» hududlarida ötkaziladi.

Rossiya idorasi bunday qöşma maşğulotlarni «qat’iy qabul qilib bölmaydi» deb ta’kidladi. Yaponiyaning Moskvadagi elçixonasi Rossiya Federatsiyasining suverenitetini «mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş va himoya qiliş böyiça muqarrar adekvat çoralar» haqida ogohlantiriş oldi.

Yaponiyaning AQŞ bilan harbiy maşğulotlari 23 oktyabrda boşlanadi va 10 kun davom etadi. Ularda ikki davlatdan 45 ming kişi iştirok etişi kutilmoqda.

Rossiya samolyoti bir kunda Yaponiya havo çegaralarini uç marta buzdi

23 sentabr kuni Yaponiyaning F-15 va F-35 qiruvçi samolyotlari Yaponiya havo hududini buzgan Rossiya harbiy razvedka samolyotiga ogohlantiruvçi raketalar uçirdi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ). Ta’kidlanişiça, bu voqea 1958 yildan beri yapon mudofaa kuçlarining ogohlantiruvçi raketalari uçirilgan birinçi şunday hodisaga aylandi.

Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yoşimasa Xayaşining sözlariga köra, Rossiyaning Il-38 patrul samolyoti 23 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan 16:00 gaça Yaponiya şimolidagi Rebunna oroli suvlari ustidan uçib uç marta Yaponiya havo hududiga kirgan.

Yoşimasa Xayaşi qöşimça qilişiça, Yaponiya uşbu qoidabuzarlik yuzasidan Rossiyaga «öta kuçli norozilik» bildirdi. WSJ ta’kidlaganidek, Yaponiya harbiy-havo kuçlari ikki marta Rossiya samolyotiga havo hududini tark etiş töğrisida ogohlantiriş va talablar yuborgan, uçinçi ogohlantirişdan sönggina signal raketalarini uçirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi naşrning vaziyatga izoh beriş söroviga javob qaytarmadi.