O‘zbekiston | 07:55 / 19.07.2023
3197
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi marta farmatsevtika mahsulotlarini markalash tizimini joriy qildi

Latviyaning Boltiqbo‘yidagi yetakchi farmatsevtika kompaniyasi Olainfarm o‘zining barcha farmatsevtika mahsulotlari uchun seriyalash (markirovkalash) tizimini to‘liq joriy qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Farmatsevtika  vositalari qadoqlarida barcha markalash va seriyalash elementlari, shu jumladan mahsulotning yaroqlilik muddati ma’lumotlari yonida paketning yon tomonida joylashgan QR-kod va paketning ochilishi to‘g‘risida ogohlantiruvchi ikkala tomonning stikerlari mavjud.

Olainfarm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish va tarqatish jarayoni Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari va  boshqa mamlakatlar, shuningdek, O‘zbekistonda amaldagi barcha talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu talablar mahsulotning yuqori sifati, xavfsizligi va bemorni to‘liq himoya qilishni kafolatlaydi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchiligidagi delegatsiya iyun oyida Olainfarm kompaniyasiga tashrif buyurgan edi. Muzokaralar chog‘ida Latviya va O‘zbekiston farmatsevtika sanoati o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Mavzuga oid