Boltiq dengizida Litva va Latviya örtasida optik kabel şikastlangan. Bu haqda duşanba, 5 yanvar kuni mahalliy LRT radiosi efirida Inqirozlarni boşqariş milliy markazi (IBMM) rahbari Vilmantas Vitkauskas xabar qildi. Uning aytişiça, şikastlaniş Latviyaning hududiy suvlarida, Liyepaya portidan bir neça kilometr uzoqlikda sodir bölgan va iste’molçilar uçun heç qanday uzilişlarga olib kelmaydi.

“Eng muhimi — muvozanat ta’minlanganini köriş. Operatorlarimiz bizga iste’molçilar uçun heç qanday muammo yöqligini aytdi: internet-trafik oqimlari boşqa nuqtalar orqali qayta taqsimlandi — quruqlikdan Polşa orqali, şuningdek Şvetsiya bilan töğridan töğri kabel ham bor. Bizda muqobil yöllar bor va iste’molçilar heç qanday uzilişni sezmaydi”, — dedi IBMM rahbari.

Vitkauskasga köra, şikastlangan optik kabel Litva va Latviyaning muhim infratuzilmasi bir qismi bölib, iste’molçilarni Skandinaviya mamlakatlari bilan internet aloqasi bilan ta’minlaydi. Şvetsiya pensiya jamğarmalari tomonidan boşqariladigan xususiy Polhem Infra kompaniyasiga tegişli kabelning şikastlangani IBMM tomonidan 2 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 atrofida qayd etilgan. Latviya politsiyasi matbuot xizmati LETA agentligiga ma’lum qilişiça, şikastlaniş haqidagi axborot Litvadan kelib tuşgan.

Latviya xizmatlari aybdorni aniqlaş va ma’lumot uzatişni tiklaş uçun kabelni ta’mirlaş böyiça çoralar körgan. “Biz bu ma’lumotni latviyalik hamkasblarimizga uzatdik, hozir ular tergov ötkazyapti: ehtimoliy qoidabuzarni aniqlayapti, muayyan kemaning egalari va ekipaji bilan muzokaralar olib boryapti. Tergov natijalarini kutamiz, uning tez yakunlanişiga umid qilamiz”, — dedi IBMM rahbari. LRT qayd etişiça, u Latviya hokimiyati olib borayotgan tergovga zarar yetkazmaslik uçun batafsil ma’lumotlarni oşkor qilmagan.

LRT radiosi Latviya boş vaziri Evika Silinyaga tayanib xabar qilişiça, Liyepaya porti yaqinidagi kabel şikastlanişi yuzasidan Latviya Jinoyat qonuni 187-moddasi 1-qismi böyiça jinoiy iş qözğatilgan — umumiy foydalanişdagi elektron aloqa tarmoği simini yoki uskunalarini qasddan yöq qiliş yoki şikastlaş holati sifatida.

Latviya politsiyasi aniqlaştirişiça, şikastlanişga sababçi bölişi mumkin bölgan aybdor — nomi keltirilmagan kema. Qirğoq qöriqlaş xizmati tahlil qilgan ma’lumotlarga köra, kema avval faol bölmagan kabel ustidan ötgan, keyin esa kursini faol va keyinçalik şikastlangan kabel tomon özgartirgan. Kema yoki uning ekipaji uşlangani haqida xabar berilmagan, ammo ekipaj politsiya bilan hamkorlik qilayotgani aytiladi.