Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi
2025 yil 1 martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishning yangi tartibi joriy etiladi.
Foto: Kun.uz
“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 maydan:
- qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma berishga qadar bo‘lgan jarayonlar to‘liq onlayn rejimida “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshiriladi;
- qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma berishda faqat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, hamda davlat yong‘in nazorati organlaridan xulosa olinadi.
Inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tgan va u tomonidan nazorat qilinadigan ko‘p kvartirali uy-joylarni foydalanishga ruxsatnoma berishdan oldin instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.
2025 yil 1 martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- renovatsiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolanganidan so‘ng ruxsat beriladi;
- mulkdorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:
- buzilayotgan turarjoy obektlari o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turarjoylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida berish hamda qurilish davrida ko‘chish, shu jumladan, boshqa turarjoy obektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplash;
- buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymatini to‘liq qoplab berish;
- renovatsiya loyihasi tashabbuskori bilan kelishilgan holda boshqa turdagi kompensatsiyani taqdim etish.
Mavzuga oid
12:50 / 24.11.2025
Toshkent viloyati peshqadam: 9 oyda eng ko‘p turar joy shu hududda foydalanishga topshirildi
10:00 / 23.11.2025
Changga qarshi safarbarlik va IIBBda in qurgan talonchilar - hafta dayjesti
15:38 / 21.11.2025
Uy-joy qurilishida kompleks qurilish tamoyili joriy etiladi
16:58 / 20.11.2025