Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko: «Mirziyoyevning takliflarini eshitib, u yana bir yil MDH raisi sifatida qolishini xohladim»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan MDH sammitiga baho berib, unda Mirziyoyev ilgari surgan takliflarni yuqori baholadi.
«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovichning dokladini diqqat bilan eshitdim. Uning dokladi hamma narsani qamrab oldi va aytilgan takliflarni hayotga tatbiq etish uchun uni yana bir yilga raislikda qoldirish mumkin bo‘lganda edi, deb o‘yladim. Agar u qarshi bo‘lmasa, biz kelgusi yili uning takliflarini amalga oshiramiz. Bu takliflar juda muhim va aqlli», – dedi Lukashenko.
Shavkat Mirziyoyevning belaruslik hamkasbini qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston kelgusi yili MDHda hamrais bo‘lishini va barcha takliflar birgalikda amalga oshirilishini aytdi.
Ma'lumot uchun, 2021 yilda MDHda Belarus Respublikasi rais bo‘ladi.
18 dekabr kungi sammitda Shavkat Mirziyoyev quyidagi takliflarni ilgari surdi:
- MDHda mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik dasturini qabul qilish;
- Hamdo‘stlik doirasida «yashil» va soddalashtirilgan yo‘laklar amaliyotini keng joriy etish, elektron savdoni rivojlantirish bo‘yicha yagona platformani ishga tushirish va «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish;
- sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish;
- har yili ommaviy sport va madaniy tadbirlarni tashkil etgan holda «MDH salomatlik marafoni»ni o‘tkazish;
- MDH ijodiy va fan ziyolilarining navbatdagi forumi doirasida O‘zbekistonda «Hamdo‘stlik mamlakatlari madaniy merosi» konferensiyasini o‘tkazish;
- huquqiy axborot bilan almashish uchun MDH Yagona elektron platformasini yaratish;
- radikallashuvdan qaytarish sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish.
- 2021 yilda MDH Parlamentlararo assambleyasining yig‘ilishlaridan birini Toshkentda o‘tkazish.
Mavzuga oid
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
17:48 / 22.12.2025