Jahon | 09:34 / 16.02.2017
11104
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagonning yangi rahbari Rossiya bilan "kuch pozitsiyasidan" gaplashish kerakligini aytdi

Pentagonning yangi rahbari Jyeyms Mettis Rossiya bilan "kuch pozitsiyasidan" muzokaralar olib borish kerakligini aytdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.  

"AQSh va uning ittifoqdoshlari Rossiya bilan o‘zaro harakat qilishga intilayotgan bir paytda, biz agar Rossiya xalqaro huquqqa zid ravishda siyosat yuritishga qaror qilsa, himoyalanishimiz kerak", deb aytdi Mettis.

Mettis "sovuq urushning" eng qora tunlari" kabi AQSh hamkorlik uchun siyosiy kanallarni ochiq ushlashni va kelishmovchiliklarga barham berishni davom ettirmoqda.

"Biz Moskva bilan sheriklik aloqalarini tiklash imkoniyatlariga ochiqmiz, biroq o‘z istaklarimizda realistik bo‘lib qolamiz va diplomatlarimizga muzokaralarni kuch pozitsiyasidan olib borish imkoniyatini ta'minlaymiz", deb aytdi AQSh mudofaa vaziri.

Yanvarda Mettis AQSh senatining qurolli kuchlari bo‘yicha qo‘mitasidagi yig‘ilishda Rossiya "AQShga bosh xavf" hisoblanishini aytgandi.

Mavzuga oid