Sport | 19:17 / 02.03.2017
13367
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Messi va Luis Enrike bir-biriga qo‘l berishni istamadi

Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Barselona» va «Sporting» Xixon jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda zaxiraga olingan Messi bosh murabbiy Enrike bilan so‘rashishni istamadi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida Lionel Messi zaxiraga olindi. U murabbiy bilan qo‘l berib ko‘rishishni istamadi. O‘z navbatida Enrike ham u tomon borib o‘yin uchun minnatdorchilik bildirishni istamagan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda «Barselona» 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Messi bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘yindan keyin Enrike mavsum yakunida jamoadan ketishga qaror qilgani haqida e'lon qildi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid