Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarif rejasini o‘zgartirish bepul – Mobil aloqa xizmati qoidalari o‘zgartirildi
Raqamlashtirish vazirining buyrug‘i bilan, mobil aloqa iste’molchilariga qulayliklar yaratilmoqda: tarif rejasini o‘zgartirish bepul bo‘ladi; abonent to‘lovi yoki xizmat uchun to‘lovni yechib olishda abonentning hisobini qarzdorlik holatiga keltirib qo‘yish taqiqlanadi; salbiy balansga ega abonent raqami 1 yil davomida egasining nomida qoladi; raqamni saqlab qolgan holda boshqa kompaniyaga o‘tish 20 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Abonentning roziligisiz xizmatlarni avtomatik ulashga yoki dastlab bepul bo‘lgan xizmatlarni pullik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Foto: Getty images
O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining yangi tahriri qabul qilindi. Raqamli texnologiya vazirining tegishli buyrug‘i 26 yanvar kuni Adliya vazirligida davom ro‘yxatida o‘tkazildi.
Hujjatda iste’molchilarga qulaylik yaratuvchi qator yangiliklar belgilandi.
Jumladan, mobil aloqa abonentlari shaxsiy hisobida mablag‘ xizmat ko‘rsatishni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmaganda mobil aloqa operatori va abonent o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilish («mavjud bo‘magan raqam holatiga o‘tkazish») muddati 2 oydan 1 yilga uzaytiriladi.
Abonentlar amaldagi tarif rejasini istalgan boshqa tarif rejasiga bepul almashtirishi mumkin bo‘ladi (bundan muayyan guruh yoki ma’lum cheklangan hudud uchun ishlab chiqilgan alohida tarif rejalariga o‘tish mustasno).
Amaldagi tariflar shartlari o‘zgarganda, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt yoki SMS xabarnomalar orqali majburiy tartibda xabardor qilinadi.
Tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi va xizmat uchun mablag‘ yechishda hisobni salbiy holatga (qarzdorlik holatiga) keltirish taqiqlanadi.
Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish 8 ish soatida emas, balki 20 daqiqa ichida amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatish punktiga borish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar uchun yashash joyiga borish, olis va yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida sayyor mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident virtual qabulxonasining ishonch telefonlariga kecha-kunduz bepul qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi belgilandi.
Mobil aloqa abonentlariga qo‘shimcha pullik xizmatlarga obuna bo‘lish bo‘yicha kontent xizmatlari ko‘rsatishning quyidagi yangi tartibi belgilandi:
- xizmatlarni aktivatsiya qilish operatorlarning mobil ilovalari yoki USSD kodlar orqali amalga oshiriladi;
- abonentning rozilik tasdig‘ini olmasdan xizmatlarni avtomatik ulashga yoki dastlab bepul bo‘lgan xizmatlarni pullik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- kontent provayderlari tomonidan abonentlarga taqdim etiladigan barcha pullik xizmatlar dastlab nofaol holatda bo‘lishi kerak.
Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan keyin (27 apreldan) kuchga kiradi.
Mavzuga oid
17:54 / 20.01.2026
MIB qarzdorlarning telefoni bloklanishi mumkinligini rad etdi
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
13:28 / 17.12.2025
Raqobat qo‘mitasi o‘quv markazlarini ogohlantirdi (ro‘yxat)
16:18 / 02.12.2025