Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi
U 80 dona telefonni chegaradan rasmiylashtiruvlarsiz o‘tkazib berish evaziga 5 ming dollar va bitta telefon talab qilgan.
Foto: DXX matbuot xizmati
Farg‘ona viloyatidagi bojxona postlaridan birining boshlig‘i 5 ming dollar va 1 dona telefonni pora sifatida olayotganida qo‘lga olindi.
«Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘iziston respublikasidan olib kelgan 80 dona Iphone-16 rusumli uyali telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy o‘tkazib bergani evaziga 5000 AQSh dollari hamda 1 dona Iphone-16 Pro telefon apparati talab qilgan», – deyiladi DXX matbuot xizmati xabarida.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi ushbu moddiy qiymatliklarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
17:11 / 27.12.2025
“Tizimimiz ancha eskirib qoldi” - Prezident korrupsiyaga qarshi yangi tizim haqida e’lon qildi
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025