Prezident: “2026 yil tub burilish yili bo‘ladi”

Juma kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnoma yo‘llab, 2025 yilda erishilgan yutuqlarni sarhisob qildi va kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab berdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatimizda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizgacha pasaygan. Oxirgi 9 yilda esa, o‘zbekistonliklarning xarid qobiliyati 2 barobarga o‘sgan.

“O‘tkazilgan so‘rovlar ham, xalqaro ekspertlar tahlillari ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxshilanganini tasdiqlamoqda”, dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev oldindagi yangi marralar haqida gapirarkan, 2026 yil – barcha sohalar rivojida “tub burilish yili” bo‘lishini aytdi.

“Kirib kelayotgan 2026 yil davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimi – barcha-barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi”,dedi davlat rahbari.

Masalan, transport sohasini oladigan bo‘lsak, kelasi yili Toshkent–Samarqand, Toshkent–Andijon, Toshkent–Bo‘stonliq, Pung‘on–Namangan va Qarshi–Shahrisabz yo‘nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan pulli yo‘llar qurilishi boshlanadi. Bundan tashqari, respublika bo‘ylab 4 ming km magistral yo‘llar xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantiriladi. Shaharlarni tezyurar poyezdlar bilan bog‘lash uchun yana 500 km temiryo‘l qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 1 yanvardan avtomobillarga ekologik stikerlar berish boshlanishi