Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Tashqi siyosat konsepsiyasi yangilanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev jahonda bo‘layotgan geosiyosiy o‘zgarishlar zamirida Tashqi siyosat konsepsiyasini o‘zgartirish zarurligini aytdi. «Yangi konsepsiya mamlakatimizning uzoq muddatli strategik maqsadlarini, ichki islohotlarimiz mantig‘ini, iqtisodiy diplomatiya, xavfsizlik, investitsiya, eksport, transport-logistika, suv va iqlim masalalaridagi milliy manfaatlarimizni yaxlit va o‘zaro bog‘liq holda aks ettirishi lozim», dedi davlat rahbari.
Jahonda bo‘layotgan geosiyosiy o‘zgarishlar, xalqaro munosabatlar tizimidagi beqarorlik, mintaqaviy qarama-qarshiliklar va global iqtisodiy transformatsiyalar tashqi siyosatni doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqishni, uni milliy manfaatlar va zamon talablariga moslashtirib borishni taqozo qiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
«So‘nggi yillardagi ochiq, pragmatik va muvozanatli tashqi siyosatimiz natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi oshib bormoqda. Shu bilan birga, global xavfsizlik arxitekturasidagi o‘zgarishlar, yangi iqtisodiy ittifoqlar, savdo yo‘nalishlari, texnologiyalar va energiya bozorlaridagi transformatsiyalar tashqi siyosatimizdan yanada faol, aniq maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni talab etmoqda», dedi prezidentimiz.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Tashqi siyosat faoliyati konsepsiyasini yangilab, uning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish, milliy manfaatlarni himoya qilish va xalqaro maydonda mamlakat o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi.
«Yangi konsepsiya mamlakatimizning uzoq muddatli strategik maqsadlarini, ichki islohotlarimiz mantig‘ini, iqtisodiy diplomatiya, xavfsizlik, investitsiya, eksport, transport-logistika, suv va iqlim masalalaridagi milliy manfaatlarimizni yaxlit va o‘zaro bog‘liq holda aks ettirishi lozim», dedi davlat rahbari.
Ishlarni samarali tashkil qilish uchun elchixonalarning har biriga qo‘shimcha mablag‘ berilishi belgilandi. Diplomatlarning xizmatlarini munosib e’tirof etish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan diplomat» faxriy unvonini ta’sis etish taklif etildi.
Mavzuga oid
17:10 / 17.01.2026
O‘zbekistonning tashqi siyosiy vaznini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi
20:02 / 15.01.2026
O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni kengaytirmoqchi
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
18:37 / 15.01.2026