Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moped va skuter haydash uchun guvohnoma olish osonlashadi
Hukumat qaroriga binoan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab moped va skuter kabi transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasining “A1” kichik toifasi joriy etiladi. Uni olish uchun avtomaktabda o‘qish talab etilmaydi. A”, “B”, “C”, “D” toifadagi guvohnoma egalari moped va skuterlarni ham boshqarish huquqini oladi.
Foto: Getty Images
O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran “A1” toifadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, milliy haydovchilik guvohnomasining “A1” kichik toifasi – moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3 gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini (individual harakatlanish vositalari bundan mustasno) boshqarish huquqini beradi.
“A1” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktabda o‘qish shart bo‘lmaydi. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun talabgorlardan o‘qishni tugatgani haqida guvohnoma talab etilmaydi. Ular o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qishi yoki mustaqil tayyorlanishi mumkin bo‘ladi.
Bunda, nazariy imtihonda 20 ta testdan kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob bergan “A1” toifaga nomzodlar “nazariy imtihonni topshirgan” deb hisoblanadi va amaliy imtihonga qo‘yiladi.
1 yanvardan boshlab, shuningdek, “A”, “B”, “C”, “D” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.
3 oy muddat ichida yo‘l harakati qoidalari, transportni boshqarish xavfsizligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashuvchi elektron o‘quv materiallari ishlab chiqilishi lozim. Bu materiallar barcha uchun ochiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
21:36 / 25.11.2025
“Retsidivist” haydovchining bir yil ichidagi 45-qoidabuzarligi 5 kishining o‘limi bilan tugadi
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
12:51 / 21.11.2025