O‘zbekiston | 17:00 / 06.08.2025
2507
5 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da to‘planadi

Oliy ta’lim sohasidagi jahon eksperti va QS World University Rankings reytingini tuzuvchi QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi 25-26 noyabr kunlari Toshkentdagi Central Asian Universityʼda birinchi QS Eurasia Forum 2025 forumini o‘tkazadi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi homiyligida o‘tkazilib, akademik hamjamiyat yetakchilari, davlat siyosati vakillari va soha mutaxassislarini "Imkoniyatlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklarni qurish" mavzusini muhokama qilish uchun birlashtiradi.

Yevroosiyo global ta’lim makonida faol kuchga aylanishda davom etar ekan, forum mintaqaning boy akademik merosi, madaniy xilma-xilligi va strategik mavqeiga asoslanib, o‘zining ulkan salohiyatini qanday namoyon etishi va oliy ta’limning yagona va ta’sirchan global brendiga aylanishi mumkinligini tadqiq etadi.

Ishtirokchilar asosiy ma’ruzalar, interaktiv panel sessiyalari, mahorat darslari va seminarlarda qatnashib, institutsional taniqlilikni oshirish, chegaralararo hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaning xalqaro akademik hamjamiyatdagi obro‘sini mustahkamlash bo‘yicha amaliy strategiyalarni o‘zlashtiradilar.

Globallashuv, tadqiqotlarga asoslangan innovatsiyalar va inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Forum mintaqa universitetlari dunyoning yetakchi muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatayotgani va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida taraqqiyotga qanday hissa qo‘shayotganini ta’kidlaydi.

Central Asian University rektori Kamran G‘ulamov shunday dedi:

"Ushbu forum nafaqat Central Asian University, balki butun Yevroosiyo mintaqasi uchun muhim bosqichdir. U mintaqamizning global akademik hamjamiyat bilan faolroq muloqot qilish, noyob qarashlar bilan o‘rtoqlashish va butun dunyo bo‘ylab oliy ta’lim kelajagini shakllantirishga salmoqli hissa qo‘shishga bo‘lgan ortib borayotgan intilishini aks ettiradi."

QS Quacquarelli Symonds mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubovning qo‘shimcha qilishicha: "Yevroosiyo Sharq va G‘arbni geografik va madaniy jihatdan bog‘laydigan mintaqadir. U xalqaro savdoda muhim rol o‘ynaydi va dunyodagi eng tez rivojlanayotgan hududlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu o‘sishni saqlab qolish uchun mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Turkiya va Yevroosiyoning boshqa mamlakatlari universitetlari strategik ustuvorliklar va mavjud imkoniyatlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish orqali ijobiy o‘zgarishlarga turtki bermoqda. Birinchi QS Eurasia Forum 2025 forumimiz ishtirokchilari mintaqaning global raqobatbardoshligini oshirish yo‘llarini hamda uning oliy ta’limi va ilmiy tadqiqotlari ta’sirini muhokama qiladilar".

Forumga Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardan ishtirokchilarni jalb etib, muloqot, tajriba almashish va strategik muvofiqlashtirish uchun muhim maydon bo‘lishi kutilmoqda.

2019 yilda ta’sis etilgan Central Asian University (CAU) O‘zbekistondagi eng tez rivojlanayotgan xususiy oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Universitet tibbiyot, biznes, muhandislik, stomatologiya, mehmonxona xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro darajadagi ta’lim dasturlarini taklif etadi. CAU xalqaro hamkorlikni, jumladan, Germaniya, Shveytsariya va AQSh universitetlari bilan qo‘shma dasturlarni faol rivojlantirmoqda. 2025 yilda universitet Round University Ranking global reytingining eng yaxshi 1000 taligiga kirdi va reytingida debyut qildi. AD Scientific Index ma’lumotlariga ko‘ra, CAU ilmiy hissasi bo‘yicha O‘zbekistondagi yosh universitetlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Fanlararo yondashuv, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikka yo‘naltirilganligi tufayli CAU mintaqadagi asosiy ta’lim muassasalaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda va QS Eurasia forumining ishonchli tashkilotchisi ekanligini tasdiqlamoqda.

QS Quacquarelli Symonds — oliy ta’lim sohasida xizmatlar, tahlillar va ekspert yechimlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi ta’minotchi hisoblanadi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab insonlarga ta’lim, xalqaro mobillik va karera rivojlanishi orqali o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashadi.

2004 yilda ishga tushirilgan QS World University Rankings reytingi portfoliosi universitetlar faoliyati haqidagi qiyosiy ma’lumotlarning dunyodagi eng mashhur manbai sanaladi.

Ishtirok etish va to‘liq dastur bilan tanishish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://portal.qshesummits.com/event/eurasiaforum2025/home

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid