O‘zbekiston | 21:18 / 05.02.2026
2312
1 daqiqa o‘qiladi

Islomobodda Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi 5 fevral kuni Islomoboddagi ko‘chalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bog‘ga Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi bo‘ldi.

Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda O‘zbekiston – Pokiston ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidladi.

Toshkent ko‘chasi va buyuk ajdod Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bog‘ xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro intilish qat’iy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida ta’kidlandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid