Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akmal Burhonov o‘ziga 1,5 mln dollarlik uy sovg‘a qilingani haqidagi mish-mishni rad etdi
Internetdagi kanallardan birida Aksilkorrupsiya agentligi direktoriga qaynotasi 1,5 mln dollarlik hovli hadya qilgani haqida xabar tarqatildi. Agentlik rahbari bu yolg‘on ekanini ta’kidlab, shunday bo‘lsa-da xabarni qaynotasiga yuborib qo‘yganini aytib hazil qildi.
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov o‘ziga 1,5 million dollarlik uy sovg‘a qilingani haqida xabarlarni yolg‘on, deb atadi.
“Bu yolg‘on xabar! Shunday bo‘lsa-da, qaynotamga yuborib qo‘ydim”, – deya kulgan smayl bilan post qoldirdi agentlik rahbari o‘z Twitter-sahifasida.

Telegram'dagi kanallardan birida tarqatilgan xabarda Akmal Burhonovga qaynotasi 1,5 mln dollarlik dang‘illama hovli sovg‘a qilgani, yer ostki qismi 2 qavat, yer ustki qismi 2 qavat bo‘lgan uyda 3 nafar xizmat borligi iddao qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Akmal Burhonovga berilgan sovg‘alar haqida ma’lumot bergandi. O‘zbekiston uchun noodatiy yangilik bo‘lgan bunday axborotda Burhonovga agentlik rahbari etib tayinlanganidan to 2023 yilgacha umumiy qiymati 14,6 mln so‘m bo‘lgan 8 ta sovg‘a berilgani qayd etilgandi.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
14:10 / 07.12.2023
O‘zbekiston xorijiy mansabdorlarga pora berishga qarshi konvensiyaga qo‘shiladi
21:53 / 04.12.2023
“Yog‘li” budjet, elitar korrupsiya va kechikayotgan deklaratsiyalash - Akmal Burhonov bilan suhbat
11:26 / 01.12.2023