Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov bu lavozimga tayinlangan 2020 yil iyulidan to 2023 yilga qadar xizmat safarlari, xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan 8 ta sovğa olgan. Agentlik ularning umumiy qiymatini 14 mln 570 ming sömga baholagan. Bu haqda idora rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Agentlikning sovğalar reyestrida faqat direktor Akmal Burhonovga berilgan sovğalarni köriş mumkin. Ulardan törttasi devorga osiladigan surat, qolgan törttasi stol ustiga qöyiladigan suvenir.

Sovğalarning eng qimmatbahosi – yoğoç ustiga örnatilgan, metalldan işlangan haykalça (eni 21 sm, böyi 15 sm). Hadyani Misr Arab Respublikasining Ma’muriy nazorat idorasi taqdim etgan. Agentlik suvenirni 3 mln 200 ming sömga baholagan.

Qimmatligi böyiça ikkinçi sovğa – 2,5 mln sömga baholangan surat. 50x70 sm ölçamdagi, yoğoçga qadimiy naqşlar aksi tuşirilgan rasmni Burhonovga Tojikiston Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi sovğa qilgan.

Reyestrga kiritilgan boşqa sovğalarning qiymati 1 mln 400 ming sömdan 1 mln 650 ming sömgaça baholangan. Ular Ozarboyjon, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Afğonistonning korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça organlari tomonidan hadya qilingan.

Aksilkorrupsiya agentligining saytiga joylangan sovğalar reyestri tegişli hujjatda körsatilganidan farq qiladi. Saytdagi reyestrda sovğalar berilgan sana va beriliş sababi (munosabati) körsatilmagan.

Özbekistonda ötgan yili qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun bilan davlat xizmatçilarining sovğa olişi masalasi huquqiy tartibga solingan edi.

Şu asosda “Davlat fuqarolik xizmatçisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinişi mumkin bölgan sovğa qiymati, şuningdek uni tasarruf etiş tartibi töğrisida”gi nizom