O‘zbekiston | 15:22 / 07.02.2018
7401
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi 

Foto: Reuters

2018 yilning 7 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 11-13 maydagi davlat tashrifi va Xitoy rahbariyati bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida vazirlar tomonidan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lajak konferensiya kun tartibiga alohida e'tibor qaratildi. Konferentsiya O‘zbekiston va Afg‘onistonning qo‘shma tashabbusiga ko‘ra Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid