Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noqonuniy ravishda olib ketilayotgan dori vositalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 18 noyabr kuni soat 10:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori vodiy yo‘nalishidan Toshkent tomon kelayotgan davlat raqami 50 A 955 EA bo‘lgan «ISUZU» rusumli transport vositasini tekshirish maqsadida to‘xtatadi. Haydovchi Namangan viloyatida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan P.J.ning harakatlari YPX inspektorida shubha uyg‘otadi. Avtomashinani ko‘zdan kechirish vaqtida yukxonada 17 xil turdagi 108 quti dori vositalari mavjudligini aniqlandi.
Ushbu dori vositalari hujjatlari so‘ralganda, haydovchi hech qanday hujjatlar taqdim eta olmagan. Surishtiruv jarayonida dorilar noqonuniy olib ketilayotgani aniqlangan. Shundan so‘ng YPX inspektori haydovchi va olingan ashyoviy dalillarni tuman IIBga topshirgan.
Mavzuga oid
08:29 / 02.02.2026
Chegara orqali noqonuniy dori olib kirishga uringan shaxs qo‘lga tushdi
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
10:12 / 28.01.2026
Toshkent viloyatida kuchli dorilar noqonuniy savdosi fosh etildi
09:51 / 24.01.2026