Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi
Toshkentda avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo‘yicha yagona intellektual tizim joriy etiladi.
Foto: Kun.uz
“Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yo‘lkira haqi bo‘yicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamg‘armalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga o‘tkaziladi.
Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish, yo‘nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi.
2024 yil 1 iyungacha:
- jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilishi ta’minlanadi;
- Toshkent shahrida muntazam avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo‘yicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
16:24 / 20.12.2025
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
08:43 / 17.12.2025
Transport xizmatlari bozor xizmatlarining 18,4 foizini tashkil etdi
20:40 / 09.12.2025