10:05 / 16.08.2015
3087

Tramp Klintonning shaxsiy pochta orqali yozishma olib borilishini “kriminal muammo” deb atadi

Hillari Klintonning AQSh davlat kotibi lavozimida ishlaganida xizmat yozishmalarini shaxsiy pochta orqali amalga oshirishi “kriminal muammo”dir. Bu haqda Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodini ko‘rsatishga harakat qilayotgan milliarder Donald Tramp bayonot berdi.
2009-2013 yillarda ushbu lavozimni egallab turgan Klinton xonim xizmat yuzasidan yozilgan maktublarni, ma'muriyatdan talab qilinganiday, hukumat pochtasidan emas, shaxsiy elektr manzilidan yuborgani jiddiy bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Maktublar Klintonga tegishli shaxsiy serverda saqlangan. Shu yillar orasida u maxfiy ma'lumotlar keltirilgan kamida 4ta maktub olgan.
“U ahmoqona yo‘l tutgan, – dedi Tramp Ayova shtatidagi saylovoldi kompaniyasi chog‘ida CNN muxbiri bilan muloqotda. – Bu kriminal muammodir”.
Bundan tashqari, Tramp Klintonni “mamlakat tarixidagi eng yomon davlat kotibi” deb atadi.

Top