Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grin karta mavsumi 2 oktyabrdan boshlanadi
2026 yil uchun grin karta lotereyasiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanib, 5 noyabr kuni soat 21:00 ga qadar davom etadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Departament o‘z bayonotida talabgorlarni firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirgan. Firibgarlar internetda grin-karta dasturining haqiqiy rasmiy sahifasiga o‘xshash sahifa yaratishlari yoki boshqa turli usullar orqali odamlarni laqillatishi mumkin.
Lotereyada qatnashish bepul. Bir kishi bittadan ko‘p ariza topshirsa, uning barcha arizalari dasturdan chetlashtiriladi.
AQSh tashqi siyosat idorasining qo‘shimcha qilishicha, 2025 yil uchun grin-karta dasturi g‘oliblari 2024 moliya yili yakuni – 30 sentabr kunining so‘nggiga qadar o‘z vizalarini olib bo‘lishlari yoki viza statuslarini o‘zgartirishga ulgurishlari kerak.
Rasman Xilma-xillik dasturi deb ataladigan viza lotereyasi – AQShga immigratsiya darajasi tarixan past bo‘lgan xalqlar vakillariga Amerika immigratsion vizasi olishi uchun imkoniyat sifatida joriy etilgan. Bu orqali AQSh aholisi orasida millatlar xilma-xilligini boyitish maqsad qilingan.
Har yili bu dastur orqali 55 mingta muhojirga AQShda doimiy yashash huquqi beriladi.
Lotereya natijalari odatda kelgusi yil may oyida e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
14:26
Putin: AQSh Alyaskada taklif qilgan murosalarga rozi bo‘ldik
09:41
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
07:52
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
13:32 / 19.12.2025