Texnologiya | 00:44 / 14.12.2016
7348
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik onlayn-o‘yin uchun 1 mln dollar sarfladi

Foto: Getty Images

AQShlik Kevin Li Ko Game of War onlayn-strategiya o‘yinida kontentga pul to‘lash uchun o‘z ish beruvchisidan pul o‘g‘irladi. Bu haqda Mashable nashri xabar bermoqda
     
45 yoshli Kevin 7 yil ishlagan Holt California kompaniyasidan 4,8 mln dollar o‘g‘irlagani uchun sud oldida javob berishiga to‘g‘ri keldi. U o‘g‘irlangan pullardan bir millionini  Game of War o‘yinida xaridlarni amalga oshirish uchun sarflagan. Bu o‘yin shartli ravishda bepul hisoblanadi, biroq o‘yin davomida haqiqiy pullarga qo‘shimcha qurol va aprgreydlar sotib olish taklif qilinadi.

 

Mavzuga oid